George Dobson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
George Dobson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi George David Dobson[1]
Tavallud sanasi 15-noyabr 1997-yil (1997-11-15) (26 yosh)
Tavallud joyi Harold Wood, Angliya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Charlton Athletic
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2015 Arsenal
2015—2016 West Ham United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2017 West Ham United 0 (0)
2016—2017Walsall (ijara) 21 (1)
2017—2018 Sparta Rotterdam 5 (0)
2018—2019 Walsall 60 (1)
2019—2021 Sunderland 34 (0)
2021AFC Wimbledon (ijara) 24 (1)
2021 Charlton Athletic 56 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-noyabr uchun)

George David Dobson (talaffuzi: Jorj Devid Dobson) (1997-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. George Dobson „Charlton Athletic“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

George Dobson 2009—2014-yillarda Essexdagi Brentwood maktabida tarbiyalangan[3].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dobson 8 yoshida „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Keyinchalik, u 2015-yil 28-iyulda „West Ham United“ futbol klubiga qoʻshilgan[4]. Oʻsha paytda 17 yoshda boʻlgan George Dobson toʻgʻridan-toʻgʻri klubning U21 jamoasiga kiritilgan va 2015—2016-yilgi mavsumda klubning asosiy jamoasi tarkibida tez-tez maydonga tushib turgan. „Arsenal“ klubida Dobson markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. George Dobson bolaligidan „West Ham United“ futbol klubiga muxlislik qilgan va bu 2015-yilda klubga qoʻshilish qarorida yordam bergan[4].

2016-yilning 29-iyunida Dobson Birinchi liga vakili „Walsall“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilish uchun shartnoma imzoladi[5]. George Dobson EFL kubogidagi ilk oʻyinini oʻz uyida „Yeovil Town“ futbol klubini 2:0 hisobida magʻlub etgan uchrashuvda oʻtkazdi[6].

2017-yilning 16-iyulida Dobson „Sparta Rotterdam“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi[7]. George Dobson 2017—2018-yilgi yanvar oyi transfer oynasida ikki yarim yillik shartnoma asosida „Walsall“ futbol klubiga qayta qoʻshildi[8].

2019-yil 25-iyulda Dobson „Sunderland“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[9]. U „Sunderland“ klubi safidagi ilk golini 2019-yilning 28-avgustida „Burnley“ klubiga qarshi EFL kubogi bahsida kiritdi[10].

George Dobson 2021-yilning 1-iyulida „Charlton Athletic“ futbol klubiga oʻtdi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
West Ham United 2015—2016 Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017 Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Walsall (ijara) 2016—2017 Birinchi liga 21 1 0 0 1 0 4 0 26 1
Sparta Rotterdam 2017—2018 Eredivisie 5 0 0 0 0 0 5 0
Jong Sparta 2017—2018 Tweede Divisie 6 1 6 1
Walsall 2017—2018 Birinchi liga 21 1 0 0 0 0 0 0 21 1
2018—2019 Birinchi liga 39 0 3 0 2 0 0 0 44 0
Jami 81 2 3 0 3 0 4 0 91 2
Sunderland 2019—2020 Birinchi liga 29 0 0 0 4 1 2 0 35 1
2020—2021 Birinchi liga 5 0 1 0 1 0 4 1 11 1
Jami 34 0 1 0 5 1 6 1 46 2
AFC Wimbledon (ijara) 2020—2021 Birinchi liga 24 1 0 0 0 0 0 0 24 1
Charlton Athletic 2021—2022 Birinchi liga 38 1 2 0 1 0 2 0 43 1
2022—2023 Birinchi liga 18 1 1 0 3 0 0 0 22 1
Jami 56 2 3 0 4 0 2 0 65 2
Jami 206 6 7 0 12 1 12 1 237 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Notification of shirt numbers: Sunderland“. English Football League. Qaraldi: 15-oktabr 2019-yil.
  2. Report. „Reader's Corner: In defence of George Dobson“ (inglizcha). Roker Report (18-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 28-aprel 2021-yil.
  3. „Old Brentwood football star George Dobson set for Dutch challenge“ (inglizcha). www.schoolsearch.co.uk. Qaraldi: 29-mart 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 „Hammers complete Dobson signing“. WHUFC.com.
  5. „George Dobson: West Ham send teenage midfielder to Walsall on season-long loan“. BBC Sport.
  6. „Walsall 0-2 Yeovil Town (AET)“. BBC Sport.
  7. „George Dobson leaves club for Sparta Rotterdam“. WHUFC.com.
  8. „George Dobson: Walsall re-sign ex-West Ham midfielder from Sparta Rotterdam“. BBC Sport (3-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 3-yanvar 2018-yil.
  9. „Sunderland sign midfielder Dobson“. BBC Sport.
  10. „Burnley 1-3 Sunderland“. BBC (28-avgust 2019-yil). Qaraldi: 28-avgust 2019-yil.
  11. „DONE DEAL: Combative midfielder George Dobson signs for the Addicks“. Charlton Athletic Official Site (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 1-iyul 2021-yil.