Gemiler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Gemiler“
Teomannig klipi suratga olingan Kemalar qabristonidan lavha
Zerrin Özer
Orhan Atasoy
Teoman
Cem Adrian qoʻshigʻi
„„O““ albomidan
Yozilgan sanasi 1992
Chiqarilgan sanasi 1993
1998
1999
Janr pop
Davomiyligi 4:20
Matn muallif(lar)i Orhan Atasoy

Gemiler (tarjimasiː Kemalar) — mashhur turk qoʻshiqchilari boʻlmish Orhan Atasoy va Teoman tomonidan kuylangan qoʻshiq. Teoman tomonidan kuylangan qoʻshiq versiyasining klipi Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida joylashgan Kemalar qabristonida suratga olingan. Asosan rok yoʻnalishida qoʻshiqlar kuylagan Teoman bu klipi orqali Moʻynoqning yaqin tarixi va ekologiy vaziyati bilan bogʻliq jarayonlarni ochib berishni maqsad qilgani alohida taʼkidlanadi[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orhan Atasoy 1993-yil kuylagan Gemiler qoʻshigʻi uchun ishlangan klip barcha davrlarning eng yaxshi klipi sifatida eʼtirof etilgan. Qoʻshiq soʻzlari Orhan Atasoyga tegishli boʻlib, unga Ercüment Vural kompozitorlik qilgan. Klipi nufuzli xalqaro musiqa kanali MTVda namoyish etilgan. Klip ayni paytda Turkiya sanʼati tarixida MTV kanalida namoyish etilgan ilk mahalliy klip sanaladi[3]. Shundan soʻng qoʻshiq Orhan Zerrin Özer va Teoman tomonidan ham ijro etilgan[4].

1998-yil Teoman tomonidan ijro etilgan qoʻshiq klipi 1999-yil iyul oyiga kelib, Qoraqolpogʻistonning Moʻynoq tumanida joylashgan Kemalar qabristonida suratga olingan. Teoman tomonidan kuylangan Gemiler qoʻshigʻi uning „O“ nomli albomidan oʻrin egallagan eng mashhur ijod namunalaridan biri sanaladi. Shu sababli uzoq vaqt davomida Gemiler qoʻshigʻi Teomanga tegishli ekanligi iddao qilingan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Instagram“. www.instagram.com. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  2. „Türk Pop Müziğinin Cover'lara Doymayan İkonik Şarkısı Gemiler'in Hikayesi“ (tr). Ekşi Şeyler. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  3. „ORHAN ATASOY’UN “GEMİLER” KLİBİ ÜZERİNE – SanatlaYaşamak“ (tr) (2022-yil 14-may). Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  4. „'Sen geçerken sahilden sessizce...'“ (tr). www.ntv.com.tr. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  5. „7 Maddede Asit Orhan Lakaplı Moğollar'ın Efsanevi Gitaristi Orhan Atasoy'u Tanıyalım“ (tr). Onedio. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.