Gilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gelondan yoʻnaltirildi)

Gilon, Gelon — Erondagi tarixiy viloyat. Kaspiy dengizining janubigʻarbiy sohilida joylashgan. Mil.av. 8-asr — mil. 6-asrlarda Gilon hududida gel qabilasi (hozirgi gilonlar ajdodi, viloyat nomi ham shundan olingan) yashagan. 8—9-asrlarda Gilonni arablar bosib olgan. 1307—70 yillar moʻgʻullarga tobe boʻlgan. 1370 yildan 16-asrgacha Gilonning sharqiy qismi — Loxijonda Saidlar davlati boʻlgan. Gilonning asosiy qismi 1385 yildan Amir Temur va Temuriylar davlati, 16-asr boshidan Eron safaviylari tarkibida. Eron inqilobi (1905-11) va 1918-21 yillarda Erondagi milliy ozodlik harakatining muhim markazi boʻlgan. Xususan, Gilonning Resht sh.da Gilon respublikasi, mavjud boʻlgan. Gilon Eronning eng boy viloyatlaridan biri boʻlib, oʻrta asrlarda ayniqsa oʻzining ipagi bilan shuhrat qozongan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil