Gayka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gayka — 1) mashina va mexanizmlarning qismlarini bir-biriga mahkamlashda ishlatiladigan detal; vint yoki boltga burab kiritiladi. G. ichi rezbali, sirti olti yoki toʻrt qirrali va dumaloq boʻladi. Tojsimon va quloqli G.lar ham bor. G.ning oʻlchamlari, odatda, standartlardan olinadi, lekin balandligi 0,8 d dan kichik boʻlmasligi kerak (d — bolt yoki vintdagi rezbali qismning tashqi diametri). G. poʻlat, rangli metall va polimerlardan tayyorlanadi. Avval tokarlik stanoklarida dumaloq yoki qirrali material qirqib olinadi, soʻngra tegishli stanoklarda unga rezba ochiladi; 2) vintli mexanizmlarda vintning aylanma harakatini boshqa detal va uzellarning ilgarilama harakatiga aylantirib beradigan detal. Mas, domkratda shunday G. bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil