Domkrat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Domkrat (gollandcha dommekracht) — ogʻir yuklarni vaqtinchalik koʻtarib beradigan mexanizm. Harakatlanish tarziga koʻra reykali, vintli, gidravlik va pnevmatik xillarga boʻlinadi. D. ixchamligi, massasining kichikligi, koʻtarish tezligining kamligi (0,01—0,25m/min.) va koʻtarish balandligi (0,15—1 m) bilan ifodalanadi. Max-sus ishlarga moʻljallangan D. bir necha yuz t gacha yukni bir necha m balandlikkacha koʻtara oladi. D. mashinalarning gʻildiragini almashtirishda, taʼmirlash, yuk ortish-tushirish ishlarida qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil