Rezba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rezba (rus. rezat — kesmoq soʻzidan) — har xil shaklli detallarning ichki yoki tashqi sirtiga oʻyilgan ariqcha va boʻrtmalar. Mashina detallari, mexanizmlar, asboblar, apparatlar, inshootlarning qismlari va detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ariqcha va boʻrtmalarning shakliga qarab, uchburchak, toʻgʻri toʻrtburchak, trapetseidal, tirak, truba; oʻlchov tizimiga koʻra, metrik va dyuym; kirim soniga qarab, 1,2 va koʻp kirimli; detalning oʻiilgan sirtiga va yoʻnalishiga qarab, tashqi (vint, bolt va boshqalar) va ichki (gayka) xillarga, oʻramning yoʻnalishiga (chapdan oʻngga yoki oʻngdan chapga) qarab, oʻnaqay va chapaqay xillarga boʻlinadi. R.ning ikki qoʻshni boʻrtmasi yoki ariqchasi orasidagi masofa (S) R. qadami deyiladi. U oʻzgarmas (ravon) va kattalashib boradigan boʻlishi mumkin.

R.ni qoʻlda (plashka, metchik bilan), metall kesish stanoklarida (maxsus moslama — kesish kallagi oʻrnatib), oʻyish va kesish stanoklarida ochish mumkin. R. oʻyish stanogi bosym taʼsirida tashqi R. oʻyish uchun ishlatiladi. Yassi va dumaloq qurolli xillari bor. Bunda zagotovka sirtidan qirindi olinmaydi. R. metall kesish stanogida tashqi hamda ichki R. kesish mumkin. Bunda plashka yoki keskichlar yordamida zagotovka sirtidan kirindi olinadi. R. qirqish keskichlari oʻrnatilgan kallaklar bilan R. ochishning uyurma usuli keng tarqalgan. Bu usulda kallaklar detalga nisbatan ekssentrik tarzda joylashtiriladi. Detal kallakning bir aylanishiga mos ravishda R. kadamiga teng oʻq boʻyicha suriladi.

R. elementlari (tashki, ichki va oʻrta diametri, qadami va boshqalar) R. oʻlchash asboblari va qurollari yordamida tekshiriladi. Bular: kalibrlar, mikrometr, rezbomer, R. andazalari, sinus lineykalar, mikroskop, optimetr, proyektor va boshqa [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil