Tokarlik stanogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tokarlik stanogi - 1) mashi nasozlikda — asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhini tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qoʻshimcha gʻarakatni kesuvchi asbob — keskich bajaradi. Zagotovka povolokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali stanok shpindelidan aylanadi; shpindel esa tezliklar qutisidan harakatlanadi. Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Surish vali va surish vinti Tokarlik stanogining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik stanogining markazlovchi, rezba ochish, tokarlikrevolver (aylanma kallakli), bir shpindelli va koʻp shpindelli karusel (shpindeli tik joilashgan), koʻp keskichli va boshqa turlari bor.

Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur boʻyicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga xam boʻlinadi. Oddiy va universal Tokarlik stanogilar detallarni donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish.da, avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilar koʻplab (koʻp seriyalab) ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Tokarlik stanogining asosiy qismlari: qirindi va sovituvchi suyuqlik toʻplanadigan togʻorasimon tub; stanina, support va ketingi babka (qoʻzgʻaluvchan) hamda ularni yoʻnaltirgich; shpindel va tezliklar kutisi joilashgan qoʻzalmas old babka; uzatmalar qutisi; fartuk; support; karetka; koʻndalang salazkalar; keskich oʻrnatiladigan burilma qism; elekr dvigatel. Karetka va koʻndalang salazkalar qoʻlda yoki avtomatik tarzda suriladi. Tokarlik stanogining elektr dvigateli bir yoki koʻp tezlikli asinxron dvigateldan iborat. Baʼzan, boshqa yuritmalar (mas., gidravlik yuritmalar) ham qoʻllanishi mumkin. Hozir yirik korxonalarda, asosan, dusturli avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilari ishlatiladi (qarang Karusel stanok, Revolver stanok); 2) yogʻochga ishlov berish stanogi qam xuddi metallga ishlov berish stanogiga oʻxshaydi. Unda aylanma sirtli yogoch buyumlarga yoʻnib ishlov beriladi. Uning buyum markazga mahkamlanadigan va yon tomoniga mahkamlanadigan turlari bor.