Garrett MacKeen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Garrett MacKeen
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Kanada
Tavalludi 23-mart 1994-yil (1994-03-23) (30 yosh)
Burnaby
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Oldingi sheriklari Mackenzie Bent
Jamoasi Scarboro FSC
Bowmanville FSC
Uchishni boshlagan 1997
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 144.51
Qisqa raqs 59.83
Erkin raqs 84.68

Garrett MacKeen (talaffuzi: Garrett Makkin; 1994-yil 23-mart, Burnaby) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sobiq sherigi Mackenzie Bent bilan birga 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempioni boʻlgan va ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mackenzie bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bent / MacKeen juftligi 2011-yil yanvar oyida Kanada chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida debyut qilib, oʻsha yilning sentyabr oyida Ruminiyaning Brasov shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan. JuftlikTallindagi (Estoniya) ikkinchi JGP bosqichida beshinchi oʻrinni egallagan va 2012-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar darajasida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan[1].

Bent / MacKeen juftligi 2012 — 2013-yillarda Avstriyaning Lints shahrida boʻlib oʻtgan JGP bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritib, Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkazilgan huddi shu musobaqada toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining kumush medali sovrindorlari boʻlib, shu yili Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada terma jamoasi safiga qoʻshilgan va musobaqada ishtirok etgan[2].

2014 — 2015-yilgi mavsumda Bent / MacKeen juftligi Chexiyaning Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida oltin va Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtgan turnirda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik ushbu natijalari orqali 2014 — 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan Barselonada boʻlib oʻtgan finalda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan juflik, 2015-yilgi Kanada chempionatida kattalar darajasida ishtirok etishlari kerak boʻlgan. Ular musobaqada oltinchi oʻrinni egallagan va uchi marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun yana Tallinga yuborilgan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mackenzie bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2014 — 15

  • Rhumba: Vida Loca

    Francisco Cespedes
  • Samba: Straight to Memphis

    Club des Belugas
2013 — 14

  • Quickstep: Letʼs Start Tomorrow Night

    Marc Shaiman
  • Foxtrot: Movinʼ the Line

    Marc Shaiman
  • Quickstep: Letʼs Be Bad
  • Yesterday Once More
  • Fun Fun Fun
  • End of the World
    Carpenters
  • Hard Jive

    Sha Na Na
2012 — 13

  • Blues: History Is Made At Night

    Marc Shaiman
  • Swing: I Never Met A Wolf Who Didnʼt Love
  • Misterio Y Fuego

    Ensemble Vivant

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Mackenzie bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15
Jahon chempionati 5 12 5
JGP finali 4
JGP Avstriya 3
JGP Xorvatiya 4
JGP Chexiya Respublikasi 1
JGP Estoniya 5 2
JGP Latviya 1
JGP Ruminiya 3
JGP Slovakiya 6
Milliy
Kanada chempionati 3-n 4-J 2-J 1-J 6
N = yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mackenzie BENT / Dmitre RAZGULAJEVS: 2015/2016“. International Skating Union. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Slater, Paula. „Double duty for Canada's Bent and MacKeen“. Golden Skate (2014-yil 26-avgust).
  3. McNair, Brian. „Uxbridge's Mackenzie Bent and Ajax's Dmitre Razgulajevs off to junior worlds in Hungary“. Uxbridge Times Journal. Durham Region (2016-yil 11-fevral).