Gana — Chili munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gana–Chili munosabatlari

Gana

Chili

Gana — Chili munosabatlari Gana va Chili oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir sanaladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar 1961-yil 6-oktabrda, har ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida uchrashib, diplomatik kelishuv imzolaganidan soʻng oʻrnatildi.

2013-yil avgust oyida Chili Rikardo Alenni Ganadagi birinchi elchisi etib tayinladi[1]. Chili diplomatik vakolatxonasi Kolumbiyaning Ganadagi elchixonasi binosida Tinch okeani ittifoqi[2] doirasida imzolangan xorijda qoʻshma vakillik toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq faoliyat yuritadi.

Rasmiy tashriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil iyul oyida Chili tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Fernanda Shmit Akkraga tashrif buyurdi va u yerda Ganada Chili elchixonasi ochilishini eʼlon qildi. Ganalik hamkasblari bilan u hamkorlikning mumkin boʻlgan yoʻnalishlarini, jumladan, savdo, sarmoya, togʻ- kon va uglevodorodlarni[3] muhokama qildi.

2014-yil fevral oyida Gana tashqi ishlar va mintaqaviy integratsiya vaziri Xanna Tetto Chiliga rasmiy tashrif bilan keldi. Chililik hamkasbi Algfredo Morena Sherma bilan uchrashuvdan so‘ng ular ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga, hamkorlikni rag‘batlantirishga harakat qilishdi. Tashrif davomida ikki davlat oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini yaratish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „‘Ghana, Chile relationship to benefit both countries’“ (en-gb). Graphic Online. 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
  2. „Ministerio de Relaciones Exteriores de Chile - Apertura de primera Embajada de Chile en Ghana“. www.minrel.gob.cl. Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
  3. „Chile to establish embassy in Ghana“ (en-US). The Africa Report.com (2012-yil 12-iyul). 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
  4. Министр иностранных дел Чили. „Memoria Anual Ministerio de Relaciones Exteriores de Chile“ (2014). 2021-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-mart.