Uglevodorodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uglevodorodlar — molekulalari faqat uglerod va vodorod atimlardan tuzilgan organik birikmalar sinfi. U tuzilishiga koʻra, atsiklik yoki alifatik (molekuladagi uglerod atomlari birbiri bilan chiziqli yoki tarmoklangan zanjir boʻlib boglangan), izotsiklik yoki karboiiklik (molekulasi 3 ta va undan koʻp uglerod atomi halqasi — siklidan iborat) xilga boʻlinadi. Bu guruh U. atsiklik va aromatik uglevodorodlardan iborat (yana qarang Aromatik birikmalar). Atsiklik U toʻyingan uglevodorodlar va toʻyinmagan uglevodorodlarsan tashkil topgan. Alitsiklik U. ham toʻyingan va tuyinmagan bulishi mumkin. U. gomologik katorlar hosil qiladi (yana qarang Organik kime). Neft, tabiiy yonuvchi gazlar, baʼzi sanoat gazlari va smolasi U.dan iborat.