Filipp II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Filipp II (Philippos), (miloddan avvalgitaxminan 382 — 336), Sharqda Faylaqus — Makedoniya podshosi (miloddan avvalgi 359 yildan). Aayeksandrning otasi. 359 yilda Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. Makedoniyaning mavqeini koʻtarish, uning siyosiy, iqtisodiy, ayniqsa, harbiy rolini kuchaytirish maqsadida bir qancha harbiy islohotlarni amalga oshiradi. Muntazam qoʻshin va kuchli harbiy dengiz floti hamda Makedoniya falangasini tashkil qiladi, yagona pul birligini joriy etadi, oltin tangalar zarb kildiradi. 359—336 yillar davomida Peoniya, Fessaliya, Illiriya (bir qismi) kabi qoʻshni davlatlar, soʻngra esa Xalkidika va boshqa Egey dengizi boʻyi mamlakatlarini zabt etadi. Makedoniya tobeligiga Epir, Frakiya va boshqa tushib qoladi. 338 yil F. II Xeroneya yaqinida yunonlarning birlashgan harbiy kuchlarini tormor etadi. Natijada, Yunoniston Makedoniyaning yakka hokimligini tan oladi. Shundan soʻng F. II fors hududlariga yurish qilishni rejalashtiradi. Biroq saroy fitnasi natijasida oʻldiriladi. Ushbu suiqasdda F. II ning xotini, yaʼni Aleksandrning onasi Olimpiadaning ham qoʻli borligi xususida mishmishlar tarqaladi. Aleksandr suiqasd ishtirokchilarini qidirib topadi va ularni jazolaydi. F. II ulimidan keyin 20 yoshli Aleksandr Makedoniya taxtiga utiradi.

Adabiyot[tahrir]

  • Plutarx, Izbrannie jizneopisaniya, t. 2, M., 1990.