Ibrohim Gʻafurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘afurov Ibrohimdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ibrohim Gʻofurov — yozuvchi, tarjimon, tanqidchi 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1956-1961-yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961–1982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi.

Faoliyati[tahrir]

Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, koʻp tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qoʻshdi. 1982–1995-yillarda „Oʻzbekiston adabiyot va sanʻati“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari boʻlib ishladi.

1995-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori boʻldi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), „Milliy tiklanish“ gazetasining bosh muharriri.

Asarlari[tahrir]

Ibrohim Gʻafurov „Goʻzallikning olmos qirralari“ (1964) „Unitilmagan bogʻ“ (1965), „Joziba“ (1970), „Yonar soʻz“ (1973), „Yam-yashil daraxt“ (1976), „Yurak-alanga“ (1980). „Lirikaning yuragi“ (1982), „Sheʻriyat - izlanish demak“ (1984), „Oʻttiz yil izhori“ (1987), „Til erkinligi“ (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U „Darvoza“, „Humo qushim“, „Qaldirgʻochim“ singari sheʼriy nasrlar yohud mansuralari bilan eʼtibor qozondi.

Tarjimalari[tahrir]

Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotining „Jinoyat va Jazo“, „Telba“, „Qimorboz“ (Doatoevskiy), „Azizim“ (Mopassan), „Alvido, qurol“, „Chol va Dengiz“ (E.Xeminguey), „Qiyomat“, „Chingizxonnig oq buluti“ (Chingiz oq buluti), „Yongʻin“ (V.Rasputin) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari[tahrir]

Ibrohim Gʻafurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (1989) laureati, „Doʻstlik“ ordeni sohibi (1995). 1996-yildan u I va II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda „Milliy tiklanish“ eraksiyasi rahbari, 2000-yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

Asarlari[tahrir]

  • Yurak-alanga. T: Adabiyot va sanʼat. 1979.
  • Sheʼriyat- izlanish demak. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984.
  • Oʻttiz yil izhori. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.

Adabiyot[tahrir]