Gʻaybulla as-Salom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻaybulla as-Salom (taxallusi; asl nomi Salomov Gʻaybulla Tojiddinovich) (1932.11.12, Xatirchi tumani — 2003.31.1, Toshkent) — tarjimashunos olim, publitsist. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), filologiya fanlari doktori(1982), professor (1984).

As-Salom Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant, ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari (1956—67). „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“da Bosh muharrir oʻrinbosari (1967—69). Toshkent Ddvlat unviersiteti tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri (1969 yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professori. (1997—2000).

As-Salomning ilmiy faoliyati badiiy tarjimashunoslik, maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyat masalalariga bagʻishlangan. „Maqol va idiomalar tarjimasi“ (1961), „Til va tarjima“ (1966), „Tarjima nazariyasiga kirish“ (1978), „Doʻstlik koʻpriklari“ (1970, N. Komilov bilan hamkorlikda), „Adabiy anʼana va badiiy tarjima“ (1980), „Tarjima nazariyasi asoslari“ (1983) kabi kitoblar muallifi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Umirov S, Sollanib oqayotgan daryo, T., 1992; Gʻaybulloh as-Salom zamondoshlari xotirasida, T., 2003.
  • Ey, umri aziz, T., 1996; Ezgulikka chogʻlan, odamzot, T., 1997.