Gʻapar Aytiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻapar Aytiyevich Aytiyev
Tavalludi 1912-yil
Vafoti 1971-yil
SSSR, Qirgʻiziston SSR Bishkek
Fuqaroligi SSSR
Kasbi rassom
Unvoni Sotsialistik Mehnat Qahramoni
SSSR xalq artisti
Qirgʻiziston SSR xalq artisti
Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi
Mukofotlari Lenin ordeni
Oktyabr inqilobi ordeni
„Mehnatdagi jasorati uchun“ medali
Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni
„Shon-sharaf belgisi“ ordeni
„1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali
„Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali
„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning yigirma yilligi“ medali"
„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning oʻttiz yilligi“ medali"
„SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil“ yubiley medali
„SSSR Qurolli Kuchlariga 60 yil“ yubiley medali.

Gʻapar Aytiyevich Aytiyev (1912-yil, Fargʻona viloyati Oʻsh uyezdi —1984-yil, Qirgʻiziston SSR Bishkek) — sovet, qirgʻiz rassomi, sahna dizayneri, pedagog. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1982). SSSR xalq artisti (1971). T. Satilganov nomidagi Qirgʻiziston SSR Davlat mukofoti laureati. Ilk professional qirg‘iz rassomlaridan biri.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiziston pochta markasida G. Aytiyevning rasmi. 1992-yil

Gʻapar Aytiyev 1912-yilning 15-sentyabrida Rossiya imperiyasi Turkiston ASSR Fargʻona viloyati Oʻsh uyezdi Tuleyken qishlogʻida (hozirgi Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qorasuv tumani) tavallud topgan.

1932-yilda Qirg‘iziston taʼlim institutini tamomlagan. 1932—1934-yillarda Jaloloboddagi pedagogika texnikumida talabalarga dars bergan.

1935—1938-yillarda N. P. Krimov boshchiligidagi 1905-yilgi qoʻzgʻolon xotirasiga bagʻishlangan Moskva viloyati tasviriy sanʼat pedagogika maktabida tahsil olgan.

Aytiyev Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. 1942-yil dekabrdan janubi-gʻarbiy frontda 94-alohida otishma brigadasining 2-alohida miltiq batalyoni pulemyot rotasi komandirining siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari sifatida jang qiladi. Stalingrad jangida qatnashgan, 1943-yil 6-yanvarda urushda ogʻir yaralanadi va gvardiya katta leytenanti lavozimida nafaqaga chiqadi[1].

Aytiyev „Kolxozniy dvor“ („Kolxoz hovlisi“ 1946-yil, Qirg‘iziston tasviriy sanʼat muzeyi, Frunze), „Polden na Issyk-Kule“ („Issiqko‘lda peshin“, 1995-yil, Tretyakov galereyasi), „Okrestnosti Andijana“ („Andijon tabiatii“ 1967-yil, Qirg‘iziston muzeyi, Frunze) va bir qancha portretlar, monumental rasmlar, boshqa turli janrlarda yaratilgan rasmlar va grafika ishlari muallifi hisoblanadi[2].

1938—1940-yillarda Qirgʻiz musiqali drama teatrida postnovkachi rassom boʻlgan. V. Vlasov, V. Fere va A. Maldiboyevning „Altyn-kyz“ („Oltin qiz“, 1939), A. M. Vernikning „Toktogul“ („To‘qto‘g‘ul“, 1940) va boshqa spektakllar postakovkachi rassomi. 1977-yildan Frunze shahridagi SSSR Badiiy akademiyasining ijodiy rassomlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan. „Qirgʻiziston tasviriy sanʼati“ kitobi (Frunze, 1964) muallifi[3].

Aytiyev SSSR Badiiy akademiyasining muxbir aʼzosi (1973) boʻlgan, shuningdek, 1940—1941, 1944—1951 va 1952—1977-yillarda Qirgʻiziston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi va SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi lavozimlarida xizmat qilgan.

1939-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi. Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 5—9-chaqiriq deputati, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi raisi oʻrinbosari boʻlib faoliyat olib borgan (1971-yildan).

Tajribali rassom va dizayner Gʻapar Aytiyev 1984-yil 16-dekabrida Bishkekda vafot etgan, Ala-Archa qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Gʻapar Aytiyev“ (ru). Герои страны („Heroes of the Country“).