Vladimir Vlasov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Vlasov
Tavalludi 25 dekabr 1902 (7-yanvar 1903)[1]
Vafoti 7-sentyabr 1986[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Vlasov Vladimir Aleksandrovich (1902.25.12-Moskva-1986) — rus kompozitori va dirijyor. Qirgʻiziston (1946) va Rossiya (1973) xalq artista. Qirgʻiz musikali teatri asoschilaridan. 1936—1942-yillarda Qirgʻiz musiqali drama teatri (hoz. opera va balet teatri)ning rahbari. V. Fere va A. Maldibayev bilan birgalikda birinchi qirgʻiz musiqali drama („Oltin qiz“), opera („Aychurek“) va balet („Anar“)larini yaratgan. 10 opera („Manas“, „Toʻxtagʻul“, „Oltin qiz“ va b.), 5 balet („Selkinchek“, „Asal“ va b.), simfonik va kamer asarlar muallifi. Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureati (1970).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. 1,0 1,1 (unspecified title)