Franco Cervi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Franco Emanuel Cervi (talaffuzi: Franko Emanuel Servi; 1994-yil 26- mayda Argentinaning San-Lorenso shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Celta“ futbol klubi va Argentina terma jamoasi qanot himoyachisi.

Franco Cervi
DimK-BenfikaL (cropped).jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Franco Emanuel Cervi
Tavallud sanasi 26-may 1994-yil (1994-05-26) (29 yosh)
Tavallud joyi San Lorenzo, Argentina
Boʻyi 1.65 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Celta
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2014 Rosario Central
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Rosario Central 42 (5)
2016—2021 Benfica 114 (11)
2021— Celta 33 (4)
Milliy terma jamoa
2018— Argentina 4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10 may uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Franco Cervi „Rosario Central“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilda u asosiy jamoaning tarkibiga kiritilgan. 9-noyabr kuni „Estudiantes“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Franco Cervi ikkinchi boʻlimda Ernan Ensina oʻrniga maydonga tushgan va shu tariqa Argentina premyer ligasida debyut qilgan[1]. 2015-yilning 14-fevralida „Racing“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Franco Cervi „Rosario Central“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[2]. Oʻsha yili Franco Cervi klubga Argentina kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. 2016-yilda Libertadores kubogi doirasida „River Plate“ va Braziliyaning „Palmeiras“ futbol klubiga qarshi oʻyinlarda Franco Cervi bittadan gol urgan[3].

2016-yilning yozida Franco Cervi Portugaliyaning „Benfica“ jamoasiga oʻtib, olti yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 4,7 million yevroni tashkil qilgan. 7-avgust kuni Franco Cervi „Braga“ futbol klubiga qarshi Portugaliya Superkubogi bahsida debyut qilgan[4]. Oʻsha oʻyinda Franco Cervi „Benfica“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan va kubokni qoʻlga kiritgan. 13- avgust kuni „Tondela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Sangrish ligasida debyut qild[5]. 13-sentabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning „Beşiktaş“ futbol klubiga qarshi maydonga tushgan[6]. 2-oktabr kuni „Farense“ futbol klubi bilan oʻyinda Franco Cervi Portugaliya chempionatidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[7]. 19-oktabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Kiyevning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yana gol urgan[8]. Franco Cervi debyut mavsumida Portugaliya chempioniga aylangan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 8-sentabr kuni Gvatemalaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Franco Cervi Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan[9]. 11-oktabr kuni Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan[10].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
C. A. Rosario CentralArgentina bayrogʻi Argentina 2014 3 0 3 0
2015 27 5 4 0 31 5
2016 12 0 10 2 22 2
Jami 42 5 4 0 10 2 56 7
S. L. BenficaPortugaliya bayrogʻi Portugaliya 2016—2017 26 2 8 3 7 2 41 7
2017—2018 31 3 3 1 3 0 37 4
2018—2019 20 4 4 0 14 1 38 5
2019—2020 23 2 6 1 6 1 35 4
2020—2021 14 0 5 1 2 0 21 1
Jami 114 11 26 6 32 4 172 21
R. C. Celta de VigoIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2021—2022 33 3 3 2 36 5
2022—2023 13 0 1 1 14 1
Jami 46 3 4 3 0 0 50 6
Umumiy faoliyatida 202 19 34 9 42 6 278 34

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Эстудиантес VS. Росарио Сентраль 1:0“ (ru). soccerway.com (9-noyabr 2014-yil). 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2016-yil.
  2. „Расинг Авельянеда VS. Росарио Сентраль 0:1“ (ru). soccerway.com (14-fevral 2015-yil). 16-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2016-yil.
  3. „Росарио Сентраль VS. Палмейрас 3:3“ (ru). soccerway.com (7-aprel 2016-yil). 16-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2016-yil.
  4. „Бенфика Лиссабон VS. Брага 3:0“ (ru). soccerway.com (7-avgust 2016-yil). 10-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  5. „Тондела VS. Бенфика Лиссабон 0:2“ (ru). soccerway.com (13-avgust 2016-yil). 15-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  6. „Бенфика Лиссабон VS. Бешикташ 1:1“ (ru). soccerway.com (13-sentabr 2016-yil). 15-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  7. „Бенфика Лиссабон VS. Фейренси 4:0“ (ru). soccerway.com (2-oktabr 2016-yil). 10-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-oktabr 2016-yil.
  8. „Динамо Киев VS. Бенфика Лиссабон 0:2“ (ru). soccerway.com (19-oktabr 2016-yil). 21-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-oktabr 2016-yil.
  9. „Аргентина VS. Гватемала 3:0“ (en). soccerway.com (8-sentabr 2018-yil). 14-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentabr 2018-yil.
  10. „Ирак VS. Аргентина 0:4“ (en). soccerway.com (11-oktabr 2018-yil). 17-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-oktabr 2018-yil.