Foydalanuvchi munozarasi:WIKIRIR

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xush kelibsiz![manbasini tahrirlash]

Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, WIKIRIR!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Optima D (munozara) 07:19, 2-Avgust 2022 (UTC) Optima D (munozara) 07:19, 2-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Salom, WIKIRIR. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Siz yaratgan Заявление nomli maqola bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining M8 bandiga binoan oʻchirildi. Agar tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, iltimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Ushbu maqolani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, iltimos, bu haqda oʻchirilgan maqola munozara sahifasida uni saqlab qolish uchun tayinli sabab(lar) keltirgan holda yozing.

Shuni ham qoʻshimcha qilmoqchimanki, maqolalarni yozish va tahrirlashda jasur boʻling, tahrirlashdan huzur oling. Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 17:40, 2-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Salom. Oʻzbekcha Vikipediyada asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari aslidek yoziladi. Maqolaning eng boshida ismdan keyin shaxsiyat talaffuzini keltirish mumkin. Masalan: Karl Marx (talaffuzi: Karl Marks) — nemis faylasufi. Koʻproq maʼlumot uchun VP:MNKI sahifasiga qarang.

Malikxan munozara 19:41, 9-Oktabr 2022 (UTC)

Rahmat WIKIRIR (munozara) 19:56, 9-Oktabr 2022 (UTC)
Xilandar maqolasida Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofni (') ishlatibsiz. Okinadan (ʻ) foydalaning. Eng osoni, tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosing. Shuningdek k. nima degani? См. такжеni Yana qarang, deb oʻgiring. Koʻproq maʼlumot uchun VP:MB sahifasiga qarang. Maqolani mashina yordamida tarjima qilganda, maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. Davomli mazmunsiz maqolalar yaratishingiz bloklanishingizga olib kelishi mumkin.
Malikxan munozara 20:05, 9-Oktabr 2022 (UTC)

Tutuq belgisi[manbasini tahrirlash]

Salom. Tutuq belgisini yozishda, inglizcha apostrofdan (') emas, ʼ dan foydalaning. Sun'iy suyak maqolasini Sunʼiy suyakga koʻchiring. Maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. Maqolada „Suyakning toʻliq yoki qisman sinishi boʻlgan suyak sinishi juda keng tarqalgan holat boʻlib, har yili AQShda uch milliondan ortiq holatlar mavjud“ kabi gʻaliz gaplar mavjud.

Malikxan munozara 18:25, 26-Oktabr 2022 (UTC)

Mo'g'ul (film) maqolangizga qarang. Agar tegishli film/teleserial oʻzbek tiliga rasmiy ravishda oʻgirilinmagan boʻlsa, shu film/teleserial haqida maqola yaratar ekansiz, maqolani aslidek nomlang. См. такжеni Shuningdek qarang emas, Yana qarang, Примечанияni Eslatmalar emas, Manbalar, Ссылкиni Manbalar emas, Havolalar, deb oʻgiring. Yillar orasiga chiziqcha qoʻying. Oʻ va Gʻ harflarini yozishda, inglizcha apostrofdan (') emas, okinadan (ʻ) foydalaning. Yodda saqlang, ogohlantirishlarga qaramay, mazmunsiz maqolalar yaratish foydalanuvchining Fountainda yuqori ball olishi u yoqda tursin, oxirida uzwikida bloklanishiga ham olib kelishi mumkin. Savollaringiz boʻlsa, bemalol soʻrang.
Malikxan munozara 18:39, 26-Oktabr 2022 (UTC)

Mashina tarjimasi[manbasini tahrirlash]

Salom. Artsvashen maqolasi kabi mashina yordamida tarjima qilingan mazmunsiz maqolalar yaratishdan saqlanishingiz lozim. Iltimos, mashina tarjimasidan iborat boʻlgan maqolalaringizni qayta tekshirib chiqib, ulardagi mazmuniy va uslubiy xatolarni tuzating. Aks holda, ular oʻchirilishi mumkin. Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Shuni ham unutmangki, ogohlantirishlarga qaramay, mazmunsiz maqolalar yaratishda davom etsangiz, bloklanishingiz mumkin.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 06:24, 27-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]

Ucar, Azerbaijan maqolangizni olsak. Shaharlar haqidagi maqolalarni Shahar, Mamlakat formatida emas, Shahar (Mamlakat) formatida nomlang. Azerbaijan emas, Ozarbayjon. Tashqi havolalar emas, shunchaki Havolalar. Yangi maqola yaratsangiz, uni boshqa tillarga ulashingiz ham lozim.
Malikxan munozara 06:27, 27-Noyabr 2022 (UTC)[javob berish]
Rahmat. Sog' bol'ing. WIKIRIR (munozara) 18:01, 10-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]