Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Samduuf

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Samduuf!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
ProgrammerBot (munozara) 11:03, 30-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali[manbasini tahrirlash]

Filial tashkil etilishi[manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda Samarqand davlat universitetini ilmiy-texnologik va ijtimoiy rivojlantirish, raqobatbardosh ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash, flagman oliy ta’lim muassasasi darajasiga olib chiqish maqsadida:
  1. Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilsin.
  2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Transformatsiya ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
  • Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin:
  • Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2026-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish;
  • Universitet faoliyatini raqamlashtirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
  • Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.
  • Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.
  1. Quyidagilar:
  • 2022 — 2025-yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
  • Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
  • Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari va tashkilotlariga biriktirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  1. Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etilsin:
  • Agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti (keyingi o‘rinlarda — Agrobiotexnologiyalar instituti);
  • Muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti (keyingi o‘rinlarda — Muhandislik instituti);
  • Pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial).
  1. Quyidagilar Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
  • Mehnat bozorida raqobatbardosh, amaliy ko‘nikmalarni egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va masofaviy ta’lim texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
  • o‘quv rejalarini tegishli sohalarning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda shakllantirish, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish;
  • o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish tashkilotlarining muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish;
  • ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etish, respublika hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • talabalarga ta’lim olish va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoit yaratish hamda chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish;
  • ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.
  1. Belgilab qo‘yilsinki:
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
  • Universitetning agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Agrobiotexnologiyalar institutida davom ettiradi;
  • Universitetning fizika va matematika fakultetlari tarkibidagi amaliy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Muhandislik institutida davom ettiradi;
  • Filial Urgut tumanidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan Universitetning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi, Filial esa Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial direktori, direktor o‘rinbosari mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlari bo‘yicha tegishli ravishda oliy ta’lim muassasasi filiali direktori va filial direktori o‘rinbosariga, boshqa xodimlar esa oliy ta’lim muassasalari xodimlariga tenglashtiriladi;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan bino va inshootlarni ta’mirlash va jihozlash — Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
  1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
  2. a) Universitet bilan birgalikda:
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial tuzilmasi hamda shtat jadvali normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta’minlasin;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
  • Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etsin;
  1. b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash hamda onlayn ma’ruza o‘tkazish va masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun zarur telekommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin

Samduuf (munozara) 10:05, 12-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Ilmiy faoliyat[manbasini tahrirlash]

     Monografiya: "Cопоставительный анализ способов словообразования русского и узбекского языков в аспекте языковой детерминанты"[manbasini tahrirlash]

   SamDU Urgut filiali maktabgacha ta'lim va pedagogika kafedrasi professori Ismoil Babakulovning shu nomdagi monografiyasi nashr etildi.[manbasini tahrirlash]

   Ushbu monografiya rus va oʻzbek tillari soʻz yasalish tizimlarining oʻziga xos xususiyatlariga tipologik determinantlarning taʼsirini oʻrganishga bagʻishlangan. Taqqoslangan tillarning so'z yasalish tizimlarining ularning grammatik toifalari to'plamiga bog'liqligi aniqlanadi.[manbasini tahrirlash]

Rus va oʻzbek tillarining morfologiyasi va soʻz yasalishi oʻrtasidagi bogʻliqlik aniqlandi. Rus va oʻzbek tillaridagi hosila soʻzlarning asosi boʻlakli nutq sistemalarining aksi sifatida oʻrganildi. Taqqoslangan tillarning so'z yasalish tizimlarining lingvistik determinantga zid bo'lgan bo'limlari tavsiflanadi. Tilshunoslik sohasidagi mutaxassislar uchun.[manbasini tahrirlash]

SamDU UF (munozara) 10:24, 13-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Samdu Urgut fililali fakultetlari“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („VP:TOʻM#M1 va VP:TOʻM#U2“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Axadjon1 (munozara) 06:53, 15-Mart 2024 (UTC)[javob berish]

SamDu Urgut filiali fakultetlari[manbasini tahrirlash]

Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti

Badalov O‘tkir Badal og‘li[manbasini tahrirlash]

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: +998937277258
  • Elektron pochta: badalov-79@list.ru

MEHNAT FAOLIYATI

  • 1997-2001 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
  • 2001-2003 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
  • 2003 -2015 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi assistenti
  • 2015-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti geografiya kafedrasi assistenti
  • 2018- 2022 yy. - Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi assistenti
  • 2022-y. - h.v.- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani

FAKULTET DEKANI LAVOZIM VAZIFALARI:

  • Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv- uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
  • O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
  • Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
  • Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
  • Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
  • Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqdashtirish;
  • Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqdashtirish, boshqarish;
  • Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tadbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informasion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
  • Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
  • Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  • Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va sh.k.), grantlar, investisiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.

Bilishi kerak:

Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqboli rejalarini bilishi;

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
  • Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

SamDU UF (munozara) 10:18, 15-Mart 2024 (UTC)[javob berish]