Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/G’ani Valiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

G’ani Valiyev[manbasini tahrirlash]

Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 07:33, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Ushbu maqola Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi Gʻani Valiyev haqida boʻlib ushbu maqolani ruwikidan tarjima qilib yaratdim va XMga nomzod qilib koʻrsatyabman.

Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas va boshqalar, ovoz berishda ishtirok eting. Hurmat bilan Mrjavokh1r (munozara) 07:33, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Gʻ harfi notoʻgʻri yozilgan maqola hecham status ololmaydi. Nataev munozara 07:37, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
Mukofotlari boʻlimida yillar orasida tire boʻladi. Ibrohimjon (munozara) 07:40, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
 Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 20:14, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
Toʻgʻirlandi Mrjavokh1r (munozara) 20:14, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
Yangi nomzod nomi „== Nomzodlar ==“ yozuvining ostidan yozilishi kerak, ustidan emas. Jamshid Nurqul (munozara) 08:14, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
 Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 20:13, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
  1. . Narev daryosining emas Narew, „Shon-sharaf“ ordeni ichki lonkda esa Shuhrat ordeni (SSSR), Belorus emas Belarus, oktabr emas oktyabr shuningdek maqola hajmi ham statusga mos kelishiga shubham bor.MrShaxas #Munozaracha 16:43, 22-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
    Xatoliklar tuzatildi. Mrjavokh1r (munozara) 17:23, 24-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
12-18-manbalarni toʻgʻrilash kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 16:26, 23-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
 Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 10:12, 25-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
Mrjavokh1r, menimcha, ularni izohlar bo'limiga olish kerak. Muzaffar Murodovichmusohaba 07:13, 2-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Shular va shu kabi xatoliklarni qaytadan yaxshilab sinchiklab qarab, tuzatib chiqishni tavsiya qilaman. ANJANIY!!#suhbat 10:44, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

 Tuzatildi Mrjavokh1r (munozara) 11:23, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
Maqolada „1924-yil 15-iyulda Oʻzbekistonning Namangan viloyati Qurmoq qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan“ deyilgan ekan. Bir nechta sabablarga koʻra bunday deyish xato:
  1. 1924-yilda bizning tasavvurimizdagi mustaqil Oʻzbekiston mavjud boʻlmagan. Agar u vaqtdagi Oʻzbekiston haqida yozilsa doim Oʻzbekiston SSR deb yozilishi kerak, siz esa ichki havola sifatida 1991-yil tashkil etilgan Oʻzbekistonga havola berib qoʻyibsiz.
  2. 1924-yil 15-iyulda hatto Oʻzbekiston SSR ham tuzilmagan edi, qarang: Узбекская Советская Социалистическая Республика — mana shu maqolada Oʻzbekiston SSR 1924-yilning 27-oktyabrida tashkil etilgani haqida yozilgan (Образована 27 октября 1924 года в результате так называемого национально-территориального размежевания в СССР, bu maqolaning manbasida shunday yozilgan: В ре­зуль­та­те на­цио­наль­но-го­су­дар­ст­вен­но­го раз­ме­же­ва­ния в Ср. Азии 27.10.1924 об­ра­зо­ва­на Узб. ССР с Тадж. АССР в её со­ста­ве.), demak, Gʻani Valiyev Oʻzbekiston SSR tashkil etilishidan 3 oylar oldin tugʻilgan. Maqolani yozishda faktlardan chetlashmang, dezinformatsiya tarqatmang! Jamshid Nurqul (munozara) 22:24, 5-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
    To'g'irlab qo'ydim Mrjavokh1r (munozara) 04:59, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
    Maqolani qayta o‘qib chiqing. Xatolik ko‘p. Hamma xatoni boshdan oxirigacha tuzatib beradigan ona tili yo tarix o‘qituvchisi yo‘q bu yerda. O‘zingiz izlanib so‘zlarni, gaplarni tuzatib chiqing. Agar xato yo‘q deb hisoblasangoz yoki tuzatolmasangiz ayting. Jamshid Nurqul (munozara) 11:41, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

  • Avvalo maqolaning preambula qismi juda qisqa. Mumkin qadar uni kengaytiring. Statusli maqola va roʻyhatlar kirish qismi bu qadar kichik boʻlmasligi kerak. Zero statusli maqola Vikipediya bosh sahifasida chiqadi.
  • Bir joyning oʻzida bitta mavzuga qayta qayta 3 talab ichki link berish shart emas.
  • Shaxsan oʻzi 17 nemis askari va 1 zobitini yoʻq qiladi mazkur jumla maqola uchun gʻalati. Buning oʻrniga oddiygina qilib Gʻani Valiyev 17 nemis askari va 1 zobitini yoʻq qiladi deyish kifoya edi. Va yana bir askarini shaxsan qoʻlga oldi bu oʻrinda ham. Shu singari jimjimador gaplarni oddiygina qilib yozavering. Maqola Valiyev haqida shaxsan oʻzi emas oddiygina Gʻani Valiyev desangiz ham oʻquvchi tushunib olaveradi.
  • Ichki qizil linklar berishda ehtiyot boʻling. Biz hech qachon Gusev shahri nomli maqola yaratmasligimiz tayin. Gusev (shahar) yoki oddiygina Gusev koʻrinishida yaratiladi. Qizil linklaringizni qayta koʻrib chiqing.
  • Xotirasi boʻlimidagi matnni manba bilan tasdiqlang. Statusli maqolalarda har bir xatboshi manba bilan toʻliq tasdiqlanishi shart. Sizda esa butun boshli boʻlim manbasiz. Mukofotlarida ham har bir mukofot olganligi xususida manba bersangiz yaxshi boʻlar edi. PanPanChik #yozish 03:35, 2-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
     Tuzatildi Mrjavokh1r (munozara) 18:22, 2-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
    Mukofotlar boʻlimida har bir mukofot olganligi xususida manba topilmadi shuning uchun topilganlariga berildi. Mrjavokh1r (munozara) 18:24, 2-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
    Men aytgan xatoliklar toʻliq tuzatilmagan!!! Vikifikatsiya qilinmagan joylari bor, ichki vikilink bilan bogʻliq muammo toʻliq bartaraf etilmagan! Qizil vikilinklar nomlanishi noaniq! Urushdagi operatsiyalar nomi berilganda shaharga link berilishi bu tartibda amalga oshirilmasligi kerak. PanPanChik #yozish 14:38, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
     Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 16:05, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman MrShaxas #Munozaracha 09:46, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
  2.  Roziman Mahmud Hamrayev (munozara) 10:21, 5-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Qarshiman — maqola Statusli maqolalar tanlovi doirasida doirasida qoʻyilmoqda. Gʻaliz jumlalarga ega ushbu maqola ham Vikipediya, ham tanlov talablariga toʻla mos emas, deb hisoblayman. Kamol Azzam (munozara) 20:07, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]
  2.  Qarshiman Garchi berilgan iddaolarim qisman boʻlsa ham tuzatilgan boʻlsa-da matnda men koʻrsatmagan avtomat tarjimalar qolib ketgan. Jumladan Qahramon qabriga qabr toshi oʻrnatildi.. Shuningdek, 1994-yil 9-noyabrda... jumlasi bilan boshlanuvchi xatboshi manbasida (4-manba) ham bu qismdagi maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmagan. Bu shunchaki hakamlarni aldash maqsadida oʻylangan soxta manba deb hisoblab, maqola status olishiga qarshilik bildiraman. PanPanChik #yozish 20:00, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi — maqola rus tilidan tarjima qilingan va tarjima toʻgʻri amalga oshirilmagani uchun gapda soʻzlarning kelish tartibi (gap qurilishi) rus tilidagidek qolib ketgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi haqidagi maqola qayoqdagi polk bilan boshlanganini (gapdagi prioritet Ikkinchi jahon urushiga emas, polkka berilishini) aynan rus tilidagi gap qurilishi bilan izohlash mumkin. Bu bitta holat, bunday holatlar maqola ichida koʻp. Xullas gʻaliz tarjima. Jamshid Nurqul (munozara) 20:13, 6-Avgust 2023 (UTC)Javob berish[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.