Foydalanuvchi munozarasi:Manzuma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
   Help-browser.svg Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Manzuma!
Crystal Clear app ktip.svg Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! --Ximik1991Bot (munozara) 10:49, 14-Dekabr 2015 (UTC)

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Crystal128-kanagram.svg Maqolalarni nomlash
View-refresh.svg Maqola qanday yoziladi?
Accessories-text-editor.svg Qoida va koʻrsatmalar
Crystal Clear app lphoto.png Tasvirlar bilan bezash
Green copyright.svg Mualliflik huquqlari
Nuvola apps bookcase.svg Glossariy

ASPLinux[tahrir]

45px

Простите, а почему вы вдруг удалили все содержание вашей статьи про ASP Linux? Uzgen 23:56, 10 February 2007 (UTC).

Здравствуйте! Так как я изначально не правильно создавал, надо было ASP Linux а я случайно создал ASP linux. Я все перенес в деректорию ASP Linux, а потом старую страницу просто удалил.

45px

Ааа, всё понятно! Спасибо за разъяснение. Uzgen 22:54, 11 February 2007 (UTC).

Interviki[tahrir]

Iltimos, biror maqola yozganingizda, unga eltuvchi intervikini ([[uz:maqola_nomi]]) boshqa til bo‘limlaridagi maqolaga ham qo‘ying (inglizchasiga qo‘ysangiz yetadi, qolganini botlar qilishadi). --Abdulla 07:13, 19 iyul 2007 (UTC)

Salom Abdulla, men qariyb har doim http://ru.wikipedia.org/ yozgan maqolalarga qo'yaman. Shuni na'zarda tutayabsizmi? Yoki rus tilidan boshqa tillarga botlar koʻchirishmaydimi? Manzuma 08:00, 19 iyul 2007 (UTC))

Unday bo‘lsa yaxshi :) Bezovta qilganim uchun uzr. --Abdulla 09:20, 19 iyul 2007 (UTC)

VikiMajlis[tahrir]

Shu yilning oktabr-noyabr oylarida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida O‘zbek Vikipediyasi majlisini o‘tkazish niyatimiz bor. Undagi asosiy masala Vikipediya haqida ma’lumot berish (ko‘pchilik internet-foydalanuvchilar Vikipediya haqida bilishmaydi) va shu bilan unga yangi ishtirokchilar jalb etishdir. Bundan tashqari ba’zi ikkilamchi muammolar haqida ham suhbatlashmoqchimiz. Siz ham ushbu majlisga qatnasha olasizmi? Iltimos, fikrlaringizni bu yerda qoldiring. --Abdulla 07:24, 20 iyul 2007 (UTC)

Abdulla, bu yangilikni eshitib juda hursand boʻldim. Men oʻtgan yilning kuzidi Moskva Oʻzbek talabalari bilan shu masalalarni oʻrtaga qoʻygan edim. Lekin natijasiz tugadi. Men Oktabr oyining birinchi yarmida Toshkentga hamda Samarqandga borishni rejalashtirayabman. Agar shu sanalarda Majlis boʻlsa, albatta qatnashaman. Agar qoʻlimdan keladigan yordam boʻlsa, har doim yordam berishga tayyorman. Manzuma 08:25, 20 iyul 2007 (UTC))

Javob uchun rahmat. Majlisni oktabr boshlariga to‘g‘rilashga harakat qilaman. Nima bo‘lganda ham hali ungacha ko‘p vaqt bor. --Abdulla 08:34, 20 iyul 2007 (UTC)

Salom Abdulla, taqdir taqozosi bilan chiptalarni faqat 7 noyabr kuniga oldim. Va O'zbekistonda atiga 2 hafta bo'laman. Ming afsuslarki, VikiMajlisga qatnasha olmasam kerak. :( Manzuma 21:17, 11 sentabr 2007 (UTC)

Taassuf :-( Mayli, bu gal bo'lmasa, keyingi gal-da. --Abdulla 07:00, 12 sentabr 2007 (UTC)

Turk, yoki boshqa tillardagi maqolalar[tahrir]

Hurmatli Viki ishtirokchilari, yangi butunlay Turk, yoki boshqa tillardagi maqolalar bizga nima kergi bor? Kimga kerak bo'lsa Vikining Turk bo`limida o`qib oladi. Bizlar hozirdan maqolalar sifatini kuzatmasak, keyin qiyinlashib boraveradi. Butunlay boshqa tillarda maqolalarni yozishni man etishni taklif qilaman. Albatta fikrlaringizni qoldiring. Manzuma 05:19, 16 Avgust 2007 (UTC)

Qoʻshilaman. Bunday maqolalarni oʻchirish kerak. Abdulla 07:25, 16 Avgust 2007 (UTC)

Country code top-level domains[tahrir]

Hurmatli ishtirokchilar, Country code top-level domains ni O`zbek tiliga Yuqori darajali milliy domenlar deb tarjima qilsam bo'ladimi? Manzuma 22:14, 23 Avgust 2007 (UTC)

Hechdan ko'ra kech javob yaxshi. Taklif etgan tarjimangiz ma'qul. --Abdulla 07:00, 12 sentabr 2007 (UTC)

Vikimajlisdan so'ng[tahrir]

Salom! Mana, soʻraganingizdek, Vikimajlis taassurotlari bilan oʻrtoqlashmoqdaman :-) Abdulla 18:51, 11 oktabr 2007 (UTC)

Salom![tahrir]

Salom! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshgan hissangiz juda ham katta ekan. Bizni nega koʻpdan beri kirmay qoʻyganingiz qiziqtirayapti. Yana faollashsangiz juda xursand boʻlardik. Nataev munozara 22:07, 10 fevral 2013 (UTC)