Ravenclaw

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ravenclaw-bg

Reyvenklo ranglari

Reyvenklo (ing. Ravenclaw) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slizerin, Griffindor, Hafflpuff, Reyvenklo) biri. Bu fakultet talabalarining boshqa talabalardan farqli jihatlari: aql-idrok, ijod, teran fikrlar va donolik. Reyvenklo talabalarining shiori: "Oʻlchovlardan ziyod aql – insonning eng buyuk boyligidir" (ing. "wit beyond measure is manʼs greatest treasure")[1]. Ramzi – Burgut (filmlarda qarg’aga almashtirilgan). Asosiy ranglari – koʻk va bronzarang (filmlarda koʻk va kumushranga almashtirilgan). Dekan – afsunlar boʻyicha professor Filius Flitvik. Fakultet arvohi – Kulrang Xonim. Asoschi – Rovena Reyvenklo. 7-kitobga koʻra Kulrang Xonim hayotida Rovena Reyvenkloning qizi va uning ismi Helena boʻlgan[1]. J. K. Roulingning soʻzlariga koʻra Reyvenklo havo unsuriga toʻgʻri keladi[2]

Reyvenklo ramzi

.

Reyvenklo minorasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyvenklo minorasi – Hogwartsdagi eng baland minoralardan biri. Balandligi boʻyicha Astronomiya va Griffindor minoralaridan keyingi uchinchi oʻrinda turadi. Minora oynalaridan atrof muhitga goʻzal koʻrinish ochiladi. Minorada fakultetning mehmonxonasi va yotoqxonalari joylashgan.

7-kitobning soʻngidagina Reyvenklo haqida maʼlumot keltirib oʻtiladi. Bu yerda Garri Potter xochlardan biri – Rovena Reyvenkloning diademasini topadi.

Hogwarts uchun kurash vaqtida shu minoraning yuqori qavatlarida, Voldemort qoʻshinining hujumlarini qaytaruvchi, Hogwarts otryadlaridan biri oʻrnashadi.

Reyvenklo mehmonxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyvenklo mehmonxonasi birinchi marta „Garri Potter va Ajal Tuhfalari“ kitobida tasvirlab berilgan. Mehmonxona oʻzida aylana shakldagi, och koʻk rangdagi pardalar va yumshoq kreslolar, yulduzli osmon aks ettirilgan gumbazsimon shift va diadema taqqan Rovena Reyvenkloning haykali bilan jihozlanga xonani aks ettiradi. Reyvenklo mehmonxonasiga kirish uchun boshqa fakultetlardagidek parolni bilish emas, eshik qoʻriqchisi har safar almashtiradigan savolga javobni bilish kerak boʻladi[1].

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seriyadagi Filmlarda Reyvenklo mehmonxonasi koʻrsatilmagan (Garri diademani koʻrib qolgan sahna qirqib tashlangan[1]), lekin keyinchalik "Pottermore" (hozirgi nomi "Wizarding World") saytida chop etilgan illyustratsiyalar orasida Reyvenklo mehmonxonasi ham borligi aniqlangan.

Savol-parollar va ularning javoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qaysi birinchi paydo boʻlgan: Feniks yoki Olov?
(Javob: aylananing boshi yo’q)
  • Yoʻqolgan buyumlar qayerga yoʻqolishadi?
(Javob: yo’qlikka, ya`ni har yerga)

Koʻrinishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari
  • Garri Potter va Ajal Tuhfalari: 2-qism
  • LEGO Garri Potter: 1-4 yosh
  • Wizarding World
  • Harry Potter: Hogwarts Mystery
  • Hogwarts Legacy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Rouling, Joan. Garri Potter va Ajal tuhfalari. Rosmen. 
  2. „The Leaky Cauldron and Mugglenet interview Joanne Kathleen Rowling: Part Three“. Accio Quote!. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.