Foydalanuvchi munozarasi:Guzaloybekovna

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xush kelibsiz[manbasini tahrirlash]

Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Guzaloybekovna!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Optima D (munozara) 10:25, 1-Avgust 2022 (UTC) Optima D (munozara) 10:25, 1-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Hormang. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Maqolalarni nomlashda eʼtiborli boʻling. Abrel emas, Abril (oʻzingiz ham maqola ichida shunday yozgansiz). ko'prigi emas, koʻprigi. Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofdan emas, balki okinadan foydalaning. Maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosing. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 08:44, 4-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Tushunarli,rahmat Guzaloybekovna (munozara) 09:37, 4-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Salom. Maqolani Burak Özçivitga koʻchirdim. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib yozmang, balki aslidek yozing. Maqola boshida, ismdan keyin talaffuzini keltirishingiz mumkin. Masalan, Burak Özçivit (talaffuzi: Burak Oʻzchivit) turk aktyoridir, deb. Batafsil VP:Kishilar ismlari sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bundan tashqari, maqola ichida kelgan asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek qilib chiqing. Savollaringiz boʻlsa, soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 18:13, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum, bular eng birinchi yozilgan maqolalar,xatolar ko'p bo'lgan ekan, tuzatib chiqyapman. Rahmat) Guzaloybekovna (munozara) 18:25, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Maqolani The Tell-Tale Heartga koʻchirdim. Oʻzbekcha Vikipediyada The Tell-Tale Heart nomli maqola mavjud emas. Shu sababli unga falsafiy hikoya, deb disambig qoʻshishga hojat yoʻq. Malikxan munozara 18:18, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]

Tushunarli, rahmat! Guzaloybekovna (munozara) 18:28, 21-Avgust 2022 (UTC)[javob berish]