Burak Özçivit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Burak Ozchivitdan yoʻnaltirildi)
Burak Özçivit
Tavalludi 24-dekabr 1984-yil (1984-12-24) (39 yosh)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor, Model
Faoliyat yillari 2003-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Fahriye Evcen, (2017-yil turmush qurgan)
Bolalari 1

Burak Özçivit (talaffuzi: Burak Oʻzchivit; 1984-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va model, Choliqushi (2013—2014) va Sevgi iztirobi" (2015—2017) teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan. U hozirda tarixiy sarguzashtga asoslangan Kuruluş: Usmon (2019-yildan hozirgacha) serialida Usmon Bey rolini ijro etmoqda. Aktyorlik faoliyati davomida Özçivit koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burak Özçivit 1984-yil 24-dekabrda Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. Taʼlimni Kazim Ismen oʻrta maktabida olgan va Marmara universiteti, tasviriy sanʼat fakulteti, foto boʻlimini tamomlagan.[1][2][3]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yilda Özçivit Turkiyaning Top Modeli deb topiladi va Model Agentliklari bilan ishlay boshladi. 2005-yilda u dunyoning ikkinchi eng yaxshi modeli deb topildi.[4] Ozchivitning aktyorlik faoliyati 2006-yilda Eksi 18 teleseriali bilan boshlangan. Keyinchalik " Zoraki Koja ", "Ihanet " va "Baba Ocagi " seriallarida suratga tushdi. U " Musallat " filmida va „Gossip Girl“ning turkcha suratga olingan "Küçük Sırlar „ teleserialida suratga tushgan.[3][2][1] “Muhtasham yuz yil" serialida Malkochogʻlu Bali Bey rolini oʻynagan

Keyin Fahriye Evcen bilan Rashod Nuri Guntekinning „Choliqushi“ romani asasida olingan serialda Kamron rolini oʻynadi. Evcen bilan birga Aşk Sana Benzer filmini suratga oldi va keyin Murat Boz bilan Kardeşim Benim filmida rol oʻynadi. 2015-yilda u „Sevgi iztirobi (teleserial)“ turk serialida Kemal Soydere rolini oʻynadi va bu serial butun dunyo boʻylab xitga aylandi. Shuningdek, u BRK’s production nomli ishlab chiqarish kompaniyasiga ega. Oʻzchivit oʻzining koʻp qirrali aktyorligi bilan mashhur va dunyodagi eng chiroyli erkaklardan biri sifatida tanilgan va Turkiyadagi eng koʻp maosh oladigan aktyorlardan biridir. 2019-yildan boshlab u „ Kuruluş“ nomli teleserialda Usmonli imperiyasining asoschisi Usmon I ni tasvirlaydi: Usmon seriali butun dunyo boʻylab mashhurlikka erishdi va Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasida juda mashhur.[5]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Özçivit amaldagi musulmon.[6] Istinye, Sariyer, Istanbulda istiqomat qiladi.[7]

U 2017-yilning 9-martida Germaniyada turk aktrisasi Fahriye Evcen bilan unashtirilgan va ular 2017-yil 29-iyunda Istanbulda turmush qurishgan. 2019-yilda Karan ismli oʻgʻillari tugʻiladi.[8][9] Maʼlumotlarga koʻra, Fahriye Burakning ikkinchi farzandiga homilador.[10]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
2007 yil Musallat Suat
2013 yil Zarafa Hasan (faqat ovozli)
2015 yil Aşk Sana Benzer Baliqchi Ali
2016 yil Kardeşim Benim Xoqon
2017 yil Kardeşim Benim 2
2018 Can Feda Kapitan Alparslan

Televidenye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
2006 Eksi 18 Murat
2007 Zoraki Koca Omer Ozpolat
2008-2009 Baba Ocağı Guven
2010 İhanet Emir
2010-2011 Küçük Sırlar Chetin Ateshogʻlu
2011-2013 Muhtasham yuz yil Malkochogʻlu Balı Bey
2013-2014 Choliqushi Kamron
2015-2017 Sevgi Iztirobi Kemal Soydere
2019-present Kuruluş: Osman Osman Bey

Reklama[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Anons
2013-2014 yillar Pepsi
ClearMen
2013-2019
2017-2018 yillar Emaar Square Mall
2018 — hozirgi kungacha Oltinyıldız klassikasi
2021 — hozirgi kungacha Trem Global
PUBG Mobile
2022 — hozirgi kungacha Tor xolding

Mukofotlar va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]