Foydalanuvchi munozarasi:Dostonbek UD

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Dostonbek UD!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Axadjon1 (munozara) 18:11, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Asslomu aleykum, xush kelibsiz, iltimos maqolalarga asossiz soʻzlar qoʻshmasangiz yaxshi boʻladi, yoki qoʻshilgan maʼlumotlar uchun manba keltirsangiz ham yaxshi ish boʻlar edi, Chili zilzilasi maqolasida asossiz maʼlumotlar qoʻshgansiz, Vandalizm ga kiradi siz qilayotgan ishlar eʼtiborliroq boʻling — Axadjon1 (munozara) 18:15, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Vaalaykum assalom rahmat qaysi ma'lumotlarni qo'shgan bo'lsam ingliz tilidagi wikipedia matnidan olganman. Zilzila nomiga qo'shimcha qo'shdim chunki uning nomi Chili zilzilasi emas balki aynan Valdivia zilzilasi deb ataladi. Magnitudasi 8.5 ball deb yozilgan aslida unaqa emas 9.5 (ayrim manbalarda 9.6 ) ball. Zilzila silkinish kuchi 11 ball emas balki 12 ball. Zilzila yuz bergan sanasi 21 may emas balki 22 may. Vaqti 5:15 emas balki mahalliy vaqt bilan 15.11 da yuz bergan. Asosiy zilziladan oldin yuz bergañ 3 ta zilzilaning magnitudasi 7 baldan yuqori bo'lgan va uning oqibatida Chili prezidenti janub bilan televideniya aloqalari uzilganligi tufayli rejalashtirilgan ommaviy tadbirni qoldirgan. Qaysi ma'lumotlarim asossiz. Xohlasangiz inglizcha vikipediadan kirib birma bir tekshirib ko'rishingiz mumkin. Ingliz tilidan B2 sertifikatim bor tarjima qila olaman. Qilayotgan ishimning mas'uliyatini bilaman. Maqsad ommaga yanada qiziqarliroq ma'lumot yetkazish boshqa g'arazli maqsadim yo'q Dostonbek UD (munozara) 18:27, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Tushunarli, endi faqat qoʻshayotgan maʼlumotlaringiz uchun manba koʻrsatib keting nufuzli boʻlishi kerak manbalar Axadjon1 (munozara) 18:30, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
xo'p tushunarli Dostonbek UD (munozara) 18:35, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Qilgan tahrirlaringiz qaytarilgan edi, yana joyiga qaytarib qoʻydim, manba koʻrsatib va qoidalarga rioya qilib ishlang. Yoqimli tahrirlar — Axadjon1 (munozara) 18:34, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
xo'p tushundim Dostonbek UD (munozara) 18:35, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Qarang keyin Tyanshan zilzilasi degan maqola bor. Maqolaning nomi noto'g'ri. Tyanshan emas Tangshan bo'ladi chunki Tyanshan bu viloyat emas tog' nomi va u Xitoyning g'arbida joylashgan Tangshan esa sharqida. Maqolada aytilgan zilzila ham o'sha yerda bo'lgan. Keyin maqola ichida ayrim ma'lumotlar xato keltirilgan. O'zgartirsam bo'ladimi? Dostonbek UD (munozara) 19:22, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
Keltirilgan maʼlumotlarni manbasi boʻlsa boʻlgani, asos yaʼni, nomini koʻrib koʻchirib qoʻyaman Axadjon1 (munozara) 19:24, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
inglizcha vikipedianing o'zini manba qilib bersam bo'ladimi? Dostonbek UD (munozara) 19:26, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
telegramdan shu guruhga qoʻshilib oling qanday savollar tugʻilisa yozaverasiz adminlar javob berishadi Axadjon1 (munozara) 19:32, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
yoʻq, bir Wiki ikkinchisiga manba boʻla olma ekan Axadjon1 (munozara) 19:37, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]