Vandalizm
Vandalizm (lotincha: vandali — qadimgi sharqiy german qabilalaridan birining nomi) — moddiy va madaniy boyliklarni oʻylamay-netmay shafqatsizlarcha yoʻq qilib tashlash. Vandalizm tushunchasi 455-yilda german qabilalari Rimni talon-toroj qilib, koʻplab antik madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik, madaniyatsizlik maʼnolarida ham keng qoʻllanila boshlagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |