Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Mozambikdagi qo'zg'olon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmonov Gayrat/Mozambikdagi qo'zg'olon
Urush yeri Delgado viloyati, Mozambik, Tanzaniya va qoʻshni Niassa viloyati[1]
Holati Davom etmoqda
Hududiy
oʻzgarishlar
Mozambik va Ruanda qoʻshinlari koʻplab shaharlarni qaytarib olib, qarshi hujumga kirishgan.

Mozambikdagi qoʻzgʻolon (portugalcha: Insurreição islâmica em Moçambique) – Mozambikning Kabo Delgado provinsiyasida islomiy Ansor as-Sunna guruhi tomonidan koʻtarilgan isyon. Qoʻzgʻolonchilar Mozambik hukumati qonunchiligini shariat qonunlari bilan muvofiqlashtirish orqali mamlakatni islomiy davlatga aylantirishni maqsad qilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

5-oktabr kunigi jangarilarning ertalabki nishoni Mosimboa-da-Praya shahridagi 3 ta politsiya boʻlimi boʻlgan. Operatsiyada 30 nafar qurollangan jangar 17 kishini, jumladan, ikki politsiyachi va bir jamoat vakilini oʻldirgan. Koʻp oʻtmay voqeya joyidan 14 nafar terrorchi qoʻlga olingan. Mokimboa-da-Prayani qisqa muddatga egalab olgan terrorchilar aholiga soliq, sogʻliqni saqlash va taʼlim uchun toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortishga undaganlar[3]. 10-oktabr kuni mahaliy politsiya 5-oktabr hujumga aloqadorlikda gumon qilingan 52 kishini hibsga olgan[4].

21-oktabr kuni ertalab Mocimboa-da-Prayyadan 30 km uzoqlikda joylashgan Maluku baliqchilar qishlogʻida jangarilar va hukumat qoʻshinlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz bergan. Natijada koʻplab mahalliy aholi qishloqni tark etishgan[5]. 27-oktabr kuni Mozambik politsiyasi 5-oktabrdagi hujumga aloqadorlikda guruhning yana 100 nafar shaxsni hibsga olinganini tasdiqladi.

24-noyabr kuni Mozambikning Kabo Delgado provinsiyasi rasmiylari islom fundamentalizmiga aloqador uchta masjidni yopishni buyurgan[6].

29-noyabr kuni jangarilar Mitumbate va Makulo qishloqlariga hujum qilgan. Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga koʻra, terrorchilar cherkov va 27 ta uyni vayron qilgan[7].

2018-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

13-yanvar kuni soat 20:00 atrofida bir guruh terrorchilar Olumbi shahriga kirib, bozor va hukumat idorasi binosiga qarata oʻt ochishgan, natijada 5 kishi halok boʻlgan[8].

12-mart kuni Musambique radiostansiyasi qurolli jangarilar Chitolo qishlogʻiga hujum qilgani va 50 ta uyni yoqib, aholini oʻldirgani haqida xabar berdi[9].

22-aprel kuni Mozambik xavfsizlik xodimlari 30 nafar jihodchini hibsga olishgan[10].

27-may kuni Kabo Delgado provinsiyasidagi Monjane qishlogʻida oʻn kishi oʻldirilagan[11]. Oʻn ikki kundan keyin AQShning Mozambikdagi elchixonasi Amerika fuqarolariga yana bir hujum sodir boʻlishi xavfini borligini aytgan va AQSh fuqarolariga hududni tark etishni tavsiya qilgan[12].

3-iyun kuni Makomiya viloyatidagi Rueya qishlogʻiga qilingan hujumda besh nafar tinch aholining boshi tanasidan judo qilingan[13]. 5-iyun kuni machete va boshqa qurollar bilan qurollangan olti nafar shaxs Makomiya viloyatidagi Naunde qishlogʻidagi yetti kishini oʻldirgan va oʻnlab uylarga oʻt qoʻygan[14][15][16]. 6-iyun kuni Kessang tumanidagi Namaluko qishlogʻiga pichoq va machetalar bilan qurollangan terrorchilar hujum qilishi oqibatida olti kishi halok boʻlgan va ikki kishi ogʻir yaralangan. Terrorchilar tinch aholining yuzta uyni ham yoqib yuborishgan[17]. 11-iyun kuni machete va oʻqotar qurollar bilan qurollangan terrorchilar shimoliy Kabo Delgado provinsiyasining Nangade tumanidagi Changa qishlogʻiga hujum qilib, toʻrt kishini oʻldirgan. 12-iyun kuni bir guruh qurolli jangarilar Makomiya viloyatidagi Natuko qishlogʻiga hujum qilgan.

2019-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

8-sentabr kuni portugaliyalik jurnalist Nuno Feliks Twitterda rossiyalik bir guruh harbiy kuchlar Mozambikka yetib kelgani haqida xabar bergan. Harbiylarni olib ketayotgan vertolyotlar Afrika respublikasining Mueda va Nakala shaharlariga qoʻnishgan. Askarlar Mozambik armiyasi bilan birga islomiy isyonchilarga qarshi kurashgan[18].

31-oktabr kuni Carta de Mocambique nashri oʻz manbalariga tayanib, 27-oktabr kuni Mozambikda "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasining besh nafar jangchisi radikal islomchilar bilan jangda halok boʻlganini xabar qilgan. Ularning soʻzlariga koʻra, Kabo Delgado provinsiyasida ruslarga tegishli boʻlgan mashina pistirmaga uchragan va ruslardan tashqari Mozambik hukumat armiyasining 20 nafar askari ham halok boʻlgan. Nashrning yozishicha, halok boʻlganlarning jasadlari boshlari kesilgan, mashinalar esa yoqib yuborilgan[19].

2020-yil 14-fevralda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Mozambikdagi rossiyalik yollanma askarlar haqidagi xabarlarni rad etgan[20].

2020-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-yanvar kuni Mozambikdagi isyonchilar guruhi rahbari Mariano Nxongo qurolli qoʻzgʻolonni davom ettirishga vaʼda berdi va 15-yanvar, chorshanba kuni qasamyod keltirishi kerak boʻlgan qayta saylangan prezident Filipe Nyusi bilan muzokara olib bormasligini takidladi. Teleradiokompaniya jurnalistlarining soʻzlariga koʻra, Mariano Nxongo 16 yil davomida fuqarolar urushi olib borgan RENAMO isyonchi guruhi azosi boʻlgan[21].

24-mart kuni jangarilar Mozambik shimolida boshlangan isyon paytida shaharga hujum qilgan. Terrorchilarning birinchi nishoni harbiy qismlar va politsiya boʻlimlari edi. Hujum uchun javobgarlikni IShID oʻz zimmasiga olgan. Rasmiylar teraktning dastlabki soatlarida koʻp insonlar oʻlgani va yaralangani haqida xabar bergan. Shundan soʻng Mozambik harbiylari shahar yaqinidagi yoʻllarni toʻsgan va jangarilarni shahardan haydab chiqarish operatsiyasini uyushtirgan[22].


14-may kuni „Islomiy davlat“ning Mozambikdagi boʻlinmasi jangarilari Kabo Delgado provinsiyasidagi mozambiklik harbiy xizmatchilarga hujum uyushtirgan. Toʻqnashuvda ikki askar halok boʻlgan va Xitoyda ishlab chiqarilgan Tiger 4x4 zirhli mashinasi jihodchilar qoʻliga oʻtgan [23].

Qishloqlarda jangarilar bir qator davlat muassasalarini, jumladan politsiya boʻlimlarini va shaxsiy doʻkonlarni yoqib yuborishgan. Mozambik rasmiylari 3-maydan keyin terrorchilar Kabo Delgado provinsiyasida oʻn ikkita hujum uyushtirganini maʼlum qilgan. Shu bilan birga, Mozambik qurolli kuchlari ikki kun ichida ellikka yaqin jangarilarni yoʻq qilishga muvaffaq boʻlishgan[24].

2-iyun kuni 17 kishi Mozambikning Makomiya shahriga hujumi vaqtida qurboni boʻlgan[25].

12-avgust kuni "Islomiy davlat" jangarilari Mozambikning Mosimboa-da-Praya shahrini egallab olgan[26]. 18-avgust kuni Mozambikda Mosimboa da Praya shahri uchun janglar davom etgan.

Janubiy Afrika Taraqqiyot Hamjamiyatining (SADC) 40-sammitidagi videokonferentsiyada, tashkilotga azo davlatlarning rahbarlari Mozambikka terrorizmga qarshi kurashda yordam berishga kelishishgan. Sammit yakunida mintaqaviy tashkilot vakillari Mozambik bilan „birdamlik“larini bildirganlar[27].

3-sentabr kuni Mozambik armiyasi jangarilar tomonidan bosib olingan Mosimboa-da-Praya portini qaytarib olishgan[28]. 12-sentabr kuni jangarilar Quirimbas arxipelagidagi Metundo va Vamizi orollarini egallashga muvaffaq boʻlgan. Aholiga uylarini tark etish buyurilgan, shundan soʻng binolar terrorchilar tomonidan yoqib yuborilgan. 14-sentabr kuni Mozambik shimolida jangarilarning hujumi oqibatida ikki kishi halok boʻlgan[29]. 24-sentyabr kuni Mozambik hukumati YIdan isyonchilarga qarshi kurashda yordam berishini soʻragan[30] . 30-sentabr kuni IShID jangarilari Makomiya va Phangane shaharlari oʻrtasida harakatlanayotgan mashinalarga hujum uyushtirgan. AQSh Zimbabvedan Mozambikka islomiy qurolli isyonni bostirishda yordam soʻragan.


11-oktabr kuni Yevropa Ittifoqi Mozambikga mamlakat shimolida kuchayib borayotgan islomiy qoʻzgʻolonga qarshi kurashishda yordam berishga rozi boldi[31]. 16-oktabr kuni IShID viloyat shimolidagi Palma shahri yaqinidagi Olumbi qishlogʻiga hujum qilgan. 17-18-oktyabr kunlari IShID jangarilari Kissanga qishlogʻi yaqinidagi Mahate qishlogʻiga hujum qilgan. Mozambikning Kabo Delgado provinsiyasidagi IShID jangarilari qoʻshni Tanzaniya hududidagi birinchi yirik hujumni amalga oshirdi . 14-oktabr kuni terrorchilar chegarani kesib oʻtib, Xitoyning chegara hududidagi aholi punktlariga hujum uyushtirishgan. Hujum oqibatida 20 kishi halok boʻlgan. 31-oktabr va 1-noyabr kunlari jangarilar Mozambik shimolidagi Kabo Delgado provinsiyasidagi Muidumbe tumanidagi toʻqqizta qishloqqa hujum qilgan. Hujumlar chogʻida toʻqqiz kishining boshi tanisidan judo qilingan va koʻplab odamlarning mol-mulki yoʻq qilingan[32].


5-noyabr kuni IShID Makomiya shahri yaqinidagi Nanjob qishloqlariga hujum qilgan. Terrorchilar bir necha uyni vayron qilgan va ikki kishining boshini kesib tashlagan. Shu kuni xavfsizlik kuchlari jangarilar tomonidan qoʻlga olingan Kabo Delgado viloyati shimolidagi Palma shahri tashqarisidagi Pundanjar qishlogʻida qarshi hujum uyushtirishgan. 10-noyabr kuni islomiy jangarilar Mozambikda 50 nafar aholining boshini tanasidan judo qilishgan[33]. 16-noyabr kuni „Islom davlati“ terrorchilik tashkiloti jangarilari Mozambikning Mueda shahriga yaqinlashgan. Afrika respublikasi ommaviy axborot vositalari terrorchilar shaharga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan. Bu xabarlar Muedadan tinch aholining katta qismini ketishiga olib kelgan. Murakkab transport vaziyati tufayli qochoqlar ikki yuz kilometr yoʻl bosib, boshqa shaharlarga ketishgan[34]. 29-noyabr kuni Muidumbe viloyatidagi Matambalale qishlogʻida jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujumda Mozambik xavfsizlik kuchlarining 25 nafar xodimi halok boʻlgan[35].

7-dekabr kuni jangarilar Mute qishlogʻidagi armiya pozitsiyalariga hujum qilgan. U Palma portidan janubda, Afungi yarim orolidan atigi 20 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, u yerda strategik ahamiyatga ega tabiiy gaz ishlab chiqarish stansiyalari joylashgan[36].

8-dekabr kuni Ispaniya Mozambikka terrorchilarga qarshi kurashda harbiy yordam taklif qilgan[37].

2021-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

24-mart kuni 100 ga yaqin jangarilardan iborat qoʻshin Kabo Delgado provinsiyasidagi Palma port shahriga kirib, armiya kazarmalari va hukumat binolariga hujum uyushtirishgan. Shahar aholisining koʻpchiligi qayiqda janubiy Mozambik va Tanzaniyaga qochib ketishga majbur boʻlishgan. Jangarilar Palma shahrida bir necha oʻnlab odamlarni, jumladan, xorijlik mutaxassislarni oʻldirishgan. Palma shahridan oʻn kilometr uzoqlikda Fransiyaning Total kompaniyasi Afrika janubidagi eng yirik tabiiy gazni qayta ishlash va suyultirish majmuasini qurgan. Uch kundan keyin Mozambik hukumati 180 ga yaqin odamni evakuatsiya qilgan Operatsiya davomida bir necha kishi halok boʻlgan. Rasmiylar kemada 1,8 ming kishini, asosan Total kompaniyasi xodimlarini Palmadan Pemba shahriga olib ketishga muvaffaq boʻlishgan. Hammasi boʻlib 2 mingga yaqin chet ellik ishchilar Palmadan chiqib ketishgan. Palmaga qilingan hujum uchun mas’uliyatni „Islomiy davlat“ oʻz zimmasiga olgan[38][39][40].

9-iyul kuni 1000 kishilik Ruanda qoʻshinlari kontingenti tegishli hukumatlararo kelishuv asosida va mamlakat shimolidagi terrorchilarga qarshi kurashda Mozambik armiyasiga yordam berish maqsadida Mozambikka yetib kelgan[41].

8-avgust kuni Mozambik va Ruanda maxsus kuchlari qoʻshma operatsiya davomida Afrika mamlakati shimolida deyarli bir yil davomida faoliyat yuritayotgan islomiy guruhlar terrorchilari qoʻlida boʻlgan Mosimboa-da-Praya port shahri ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olishga muvaffaqt boʻlishgan[42][43].

2024-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 9-fevralda TotalEnergies kompaniyasining Mozambikda suyultirilgan gaz loyihasini qayta tiklash rejalari fonida islomiy jangarilar Kabo Delgado provinsiyasidagi Mukojo qishlogʻi yaqinidagi harbiy pozitsiyalarga hujum qilishgan. Bu hujum Mozambikdagi eng halokatlisi boʻldi[44][45].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Winning Peace in Mozambique's Embattled North“ (2022-yil 10-fevral).
  2. „Mozambique: Islamist Raids Continuing in Mocimboa Da Praia“. AllAfrica.com (2017-yil 5-dekabr). 2017-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  3. „ISS Today: Mozambique’s first Islamist attacks shock the region - Daily Maverick“. Dailymaverick.co.za. 2017-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  4. „Mozambique: Mocimboa DA Praia - 52 People Arrested“. AllAfrica.com (2017-yil 12-oktyabr). 2018-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  5. „Mozambique's first Islamist attacks shock the region - ISS Africa“. ISS Africa. 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  6. „Mozambique closes three mosques after deadly attacks“. Businesslive.co.za. 2017-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  7. Júnior, Francisco „Mais um ataque em Mocimboa da Praia“. Voaportugues.com. 2017-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  8. „Archived copy“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-yanvar.
  9. „Grupo armado ataca aldeia no norte de Moçambique - África 21 Digital“ (pt). África 21 Digital (2018-yil 14-mart). 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  10. „Mozambique: Three Islamist Attacks Reported Over Weekend“. Agencia de Informacao de Mocambique (Maputo) (2018-yil 25-aprel). 2018-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  11. „Mozambique 'jihadists behead' villagers“. BBC News (2018-yil 29-may). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  12. Sterling, Joe. „US Embassy warns of 'imminent attacks' in Mozambique“. CNN (2018-yil 9-iyun). 2018-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-iyun.
  13. DGA. „Al Shabaab moçambicano mata mais 12 civis em Cabo Delgado; Presidente Nyusi mudo“ (pt). @Verdade Online. 2018-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  14. DGA. „Al Shabaab moçambicano mata mais 12 civis em Cabo Delgado; Presidente Nyusi mudo“ (pt). @Verdade Online. 2018-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.DGA. „Al Shabaab moçambicano mata mais 12 civis em Cabo Delgado; Presidente Nyusi mudo“. @Verdade Online (port.). Arxivirovano 10 iyunya 2018. Data obraщeniya: 7 iyunya 2018. {{cite news}}: Ukazan bolee chem odin parametr |accessdate= and |access-date= (spravka)
  15. „Attackers hack seven to death in Mozambique“. www.aljazeera.com. 2018-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyun.
  16. AfricaNews. „At least 7 killed in machete attack in Mozambique, police say“ (en). Africanews. 2018-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  17. „Al menos 6 muertos en un nuevo ataque yihadista en el norte de Mozambique“. La Vanguardia. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-avgust.
  18. „Российских военных отправили на борьбу с исламистами в Африке“ (ru). Lenta.ru. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-sentyabr.
  19. „СМИ сообщили о гибели пятерых россиян из ЧВК Вагнера в Мозамбике“. 2020-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-noyabr.
  20. „МИД России опроверг сообщения о российских наёмниках в Мозамбике“. РБК. 2020-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-fevral.
  21. „Лидер повстанцев в Мозамбике намерен продолжать сопротивление“. 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  22. „Боевики ИГИЛ захватили город в Мозамбике“. Московский Комсомолец (2020-yil 25-mart). 2020-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  23. „Боевики ИГ совершили нападение на мозамбикских военных“ (ru). www.mk.ru. 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  24. „Боевики ИГИЛ активизировались в Мозамбике“ (ru). www.mk.ru. 2020-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  25. „Боевики ИГИЛ разграбили очередной город в Мозамбике“ (ru). www.mk.ru. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
  26. „Боевики ИГ захватили портовый город в Мозамбике“ (ru). vesti.ru. 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  27. „Соседи пообещали Мозамбику помощь в борьбе с исламистами“ (ru). Красная весна. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  28. „Армия Мозамбика намерена вернуть порт, захваченный боевиками“ (ru). Красная весна. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  29. „На севере Мозамбика при нападении боевиков погибли два человека“ (ru). Красная весна. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  30. „Власти Мозамбика призвали ЕС оказать помощь в борьбе с повстанцами“ (ru). Рамблер/новости. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  31. „ЕС согласился помочь Мозамбику в борьбе с террористами“ (ru). Красная весна. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  32. „В Мозамбике боевики атаковали девять деревень“ (ru). ИА REGNUM. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  33. „Исламисты обезглавили более 50 человек на севере Мозамбика“ (ru). news.am. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  34. „Террористы Исламского государства продвигаются в Мозамбике“. sev.tv. Qaraldi: 2020-yil 17-noyabr.
  35. „В Мозамбике в ходе нападения погибли более 20 военных“ (ru). Рамблер/новости. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  36. „Террористы атаковали позиции армии Мозамбика на подступах к важным объектам“ (ru). Красная весна. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  37. „Испания предложила Мозамбику военную помощь в борьбе с террористами“ (ru). Красная весна. 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-may.
  38. „AFP: исламисты захватили город в Мозамбике“. 2021-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  39. „В Пентагоне заявили, что США обеспокоены ситуацией в Мозамбике“. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  40. „ИГ* взяло на себя ответственность за нападение в Мозамбике, сообщили СМИ“. 2021-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  41. „В Мозамбик прибыли военные из Руанды“ (ru). Красная весна. 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  42. „В Мозамбике у террористов отбили город, удерживавшийся с лета 2020 года“. ТАСС. 2021-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  43. „Военные взяли под контроль захваченный боевиками мозамбикский порт“ (ru). РИА Новости (8-avgust). 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  44. „Mozambique: Terrorists kill 25 Mozambican soldiers in Cabo Delgado – AIM“ (en). Club of Mozambique (2024-yil 12-fevral). 2024-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  45. „Islamic State Raids Mozambique Town as Total Plans LNG Return“ (en). Bloomberg (2024-yil 13-fevral). 2024-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.