Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:So'g'diyona/Devilock

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jerry Only konsertda Devilock soch turmagida

Devilock – 1970-yillar oxirida Misfits baschisi Jerry Only tomonidan yaratilgan soch turmagi[1]. 1980-yilning boshida Jerry Only oʻz intervyusida, bu sochlarning „tidal wave“ soch turmagiga asoslanganligi va Misfitsning sobiq vokali Glenn Danzig soch turmagining versiyasi Eddie Munsterning soch turmagiga taqlid qilishdan paydo boʻlganligini aytadi. Devilockga oʻxshash uslub ilgari ham kuzatilgan. Masalan, 1950-yillarning „fil hartumi“ nomli soch turmagi, Surfarilarning „Gum-dipped Slicks“ (1964) nomli musiqasidagi fotosuratda ham guruh aʼzolari devilock kabi soch turmagi bilan koʻrsatilgan[2][3].

Devilock soch turmagida sochlarning yonlari va orqa qismi kalta, old tomonlari uzun va oldinga taralgan boʻladi[4]. 1990-yillarning oxirida devilock Osiyo bozorlarida mashhurligini qayta tikladi. Uslub Yaponiya va Xitoy rok guruhlarida ommalashgandan soʻng, soch turmagi nomi Noriaki Endo tomonidan chakana kiyim-kechak doʻkonlari zanjiri sifatida oʻzlashtirildi. Hozirda „Devilock“ brendlari Janubi-Sharqiy Osiyo boʻylab „Devilock Nights“ nomli musiqa tadbirlariga sarmoya kiritadi[5].

  1. Hair Designing: A Complete Course. Global Media, 2007 — 97-bet. ISBN 978-81-89940-59-1. Qaraldi: 2009-yil 8-dekabr. 
  2. „The Original Surfaris“. sundazed.com.
  3. „Yesterday“. www.tornadoesband.com.
  4. Wallace, Amy. The Official Punk Rock Book of Lists. Hal Leonard Corporation, 2007 — 131-bet. ISBN 978-0-87930-919-0. Qaraldi: 2009-yil 8-dekabr. 
  5. „History of Devilock“. 2013-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.

[[Turkum:Soch turmaklari]] [[Turkum:Yapon madaniyati]] [[Turkum:Soch]]