Foydalanuvchi:Qodirali656/Boyazid jaloyir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOYAZID JALOYIR (71361) Chigʻatoy ulusi beklaridan, jaloyir urugʻining begi. Xoʻjand mulki Boyazid Jaloyir tasarrufida edi. Amir Qazagʻon oʻldirilgandan (1358) keyingi gʻalayonli yillarda Amir Temur bilan goh raqobatda, goh kelishuvda boʻlgan. 1361-y. bahorida Moʻgʻuliston (Jeta) xoni Tugʻluq Temur tomonidan qatl qilingan. Amir Temurning xotinlaridan biri — Tuman ogʻoning onasi Orzumulk ogʻo Boyazid Jaloyirning qizi edi.

Manba

https://qomus.info/oz/encyclopedia/b/boyazid-jaloyir/