Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/XITOY ATAMASINING KELIB CHIQISHI

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XITOY ATAMASINING KELIB CHIQISHI[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Xitoy atamasi davlat va etnos nomi sifatida Markaziy Osiyo xalqlari va rus tilida keng tarqalgan. Aslini olganda ushbu atama ayni zamondagi davlat va xalq nomidan kelib chiqqan emas. Ushbu atama hozirgi Xitoy Xalk Respublikasi (XXR)ning Dunboy, yani shimoli-sharqiy qismi bo'lmish Manchjuriyada yashagan va keyin g'arbga qarab ko'chgan kiton (rus adabiyotida kidan, Xitoy manbalarida sidand) xalqi nomidan kelib chiqqan. Musulmon manbalarida ushbu atama xitoy, xatay (hatai). Ovrupa adabiyotlarida katay, kata, kasay (catai, cata, cathai) deb yozilgan.Xitoy manbalarida qayd etilishicha, sidan etnonimi ilk bor «Vey sulolasi tarixi» («Veyshu»)ning «Kiton tazkirasi («Sidan chjuan) bobida uchraydi. Mazkur manbada keltirilgan va «sidan» etnonimi tilga olingan maʻlumot <<Bey-Vey» («Shimoliy Vey») sulolasi (386-534) davriga tegishlidir. Shundan maʻlumki, kiton etnonimi IV asrda paydo bo'lgan. Etimologik jihatdan olganda, garchi kiton atamasi po'lat, kilich, kesish, sovuq kabi maʻnolarni anglatsa ham, u aslida avlod boshligi ismidan kelib chiqqan. Ayrim maʻlumotlarga ko'ra, kitonlar xunlardan, boshqa bir maʻlumotlarga ko'ra, syanbilardan kelib chiqqan. Ammo kunlar va syanbilarning kelib chiqishi Xitoy manbalarida tiek tiuk (zamon. o'kil. di) nomladigan eng qadimgi turklar (Еvropa adabiyotlarida prototyuork, yaʻni ilk turk)ga borib taqaladi.Shuning uchun har ikki xil maʻlumotni xato deb bo'lmaydi.Kitonlarning kuchayishi X asrdan boshlandi va ularning nufuzi ulg'ayib bordi. X asrda kitonlar shivandan  xodax , fufuyu , yuyling , rilyan, pijie, tulyuy  kabi 8 kabi qabilani tashkil etdi Bular odatda qadimiy 8 kiton qabilalari, deb ham ataladi. Kitonlar orasidagi og'zaki tarixga ko'ra, bu kabilalarning asoschilari oklukalar bo'lgan. 907-yilda Еlyuy Aboji etakchiligida Manchjuriya, Sharqiy Mongoliya va Ichki Mongoliya xududida avvaliga Kiton (Chidan. Sidan), keyinchalik Lyao deb nomlangan davlat (907-1125) tashkil etdi. 916-yilda Еlyuy Aboji o'zini imperator deb eʻlon qildi. Shuning uchun ko'p hollarda katonlar davlatining tashkil topgan vaqtini 916-yil, deb ko'rsatiladi.1124-yillarida kitonlar o'zining taʻsir doirasini g'arb tomonga qarab kengaytirgan. Shunda kitonlar davlatining hududi Irtish daryosining yuqori oqimlarigacha etib borgan. XII asrning boshlarida ushbu davlatning ichki vaziyati murakkablashib qoldi. Bu Fursatdan foydalanib Manchjuriyada yashovchi va kitonlar itoatida bo'lgan noychjen nomli qabilalar ittifoqi bosh ko'tardi. 11 yillik kurash davomida nyuychjonlar kitonlar xokimiyatini ag'darib, o'zlarining Szin (Optun) deb nomlangan davlatini tashkil etdi. Kitonlarning aksariyat qismi hukmron sulola aʻzolaridan biri bo'lgan Еlyuy- Dashi (Еlidosh) ismli amaldor boshchiligida g'arbga ko'chib borib Mongoliya hududidagi Xatun (Kedun - xozirgi Mongoliyaning Chaobashan shahri) shahrini markaz qilgan holda o'z davlatini tiklamoqchi bo'ldi. Ammo sharq tomondan kelgan xavf tufayli, u o'z maqsadiga erisholmadi. 1132-yili Еlyuy-Dashi Emil (Еmilichen) shahrini asos qilib davlat tashkil etishga va o'zini Go'rxon (xonlar xoni maʻnosini anglatadi) deb e'lon qilishga erishdi. Shundan keyingi 10 yil  Dashi Turfon xonligi (Gaochang-Guo),Sharqiy va G'arbiy[[qoraxoniylar]davlati xamda Xorazm davlati ustidan nazorat o'rnatdi Mazkur davrda qayta tiklangan  kitonlar davlati, musulmon manbalarida Qoraxitoy (Buyuk xitoylar demakdir) davlati deb nomlangan. Ushbu davlatning xududi dastlabki davrda sharqda Tula, g'arbda Emil daryolari oralig'idagi joylarni o'z ichiga olgan. Keyinchalik uning taʻsir doirasiga g'arbda Orol dengizi bo'yigacha bo'lgan joylar kirgan. 1218-yilda Gʻarbiy Lyao davlati mug'ullar tomonidan yo'k qilinganidan so'ng qoraxitoylar har tomonga tarqaldi. Ularning aksariyat qismi Turkiston xalqlari orasiga singib ketdi. O'zbekiston xududida xitoy va qoraxitoy atamalari bilan bog'lik toponim va etnonimlarning saqlanib qolishi mazkur voqea bilan bevosita alokadordir.Sirtqi qiyofa jihatdan olganda kitonlar mongoloidlardan bo'lib, ular hozirgi davrda xitoy deb ataladigan xan (xanzu, ruscha transkripsiyada xanszu)larga o'xshaydi. Keyinchalik turkistonliklar xanlarni ham xitoy deb atashni odat qildilar. Aslini olganda, etnik jihatdan kitonlar xanlardan tubdan farq qilganligi sababli xanlar xitoy so'zini o'zlari uchun haqorat deb bilishgan. Shuning uchun ayni zamonda Xitoy Xalq Respublikasi doirasida yashaydigan xalqlar xanlarni xanzu (xan millati) deb ataydilar.
  FOYDALANILGAN MANBA:
  ABULG'OZIY. SHAJARAYI TURK. Q.MUNIROV VA Q.MAHMUDOV NASHRGA TAYYORLAGAN.TOSHKENT,1992
  MAHMUD QOSHG'ARIY. DEVONU LUG'OT-IT TURK. TARJIMON VA NASHRGA TAYYORLOVCHISI S.M.MUTALLIBOV.TOSHKENT,1961.