Foydalanuvchi:BHFirdavsiy/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

International school of finance technology and science (ISFT) (ISFT) — 2021 yildan boshlab, MChJ «International School of Finance Technology and Science» o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya[1] bo’yicha “ISFT Instituti” brend nomi orqali oliygoh sifatida yuritadi.

Institut Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent viloyatida joylashgan. ISFT instituti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining OT 0035 raqamli litsenziyasi asosida[2] o‘z faoliyatini boshlagan[3].[4]

ISFT instituti
(ISFT)
Asl nomi International School of Finance Technology and Science
Xalqaro nomi International School of Finance Technology and Science
Asos solingan 2021-yil 12-oktabr
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Mansur Niyazmetov
Bakalavriat 7 ta
Manzili Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko`chasi – 2-uy
Vebsayti https://isft.uz/oz/


Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Toshkent viloyatidagi ISFT (International school of finance technology and science) instituti davlat tomonidan ajratilgan grant oʻrinlaridan tashqari oʻz mablagʻlari hisobidan eng koʻp grant oʻrinlarini ajratgan oliy taʼlim tashkiloti sifatida eʼtirof etildi. 2022-2023-o‘quv yilda kunduzgi taʼlimga 800 nafar talaba jalb qilishni rejalashtirgan talabalarning 30 foizi ya'ni 260 tasi grant asosida oʻqishga qabul qilinmoqda.[5][6]

Dastlab, xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya, xalqaro biznes boshqaruvi hamda menejment va boshqaruv hisobi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash boshlangan boʻlsa, joriy yildan boshlab boshlangʻich taʼlim, maktabgacha taʼlim, pedagogika va psixologiya, xorijiy til va adabiyot yoʻnalishlariga ham talabalar imtihon asosida oʻqishga qabul qilindi.

Ushbu institutning xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya fakultetida taʼlim ingliz tilida olib boriladi. Iqtidorli talabalarga anʼanaviy diplomdan tashqari iqtidorli talabalariga Moliya va hisob sohasidagi professionallarning global assotsiatsiyasi ACCA kvalifikatsiyasi mutaxassisi xalqaro sertifikatini, shuningdek, dunyoning nufuzli TOP-500taligidan oʻrin olgan Britaniyaning Oxford Brookes universiteti bakalavri diplomini olishga yordam berishni maqsad qilgan.

ACCA kvalifikatsiyasining mavjudligi moliyaviy mutaxassislarga istalgan sohada muvaffaqiyatli karyera qurishga yordam beradi: ular davlat yoki xususiy sektorda hamda xorijiy kompaniyalarda ishlashlari yoki oʻz bizneslari bilan shugʻullanishlari mumkin.

Institut missiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISFT Instituti moslashuvchan g’arb ta’lim tizimini uyg’unlashtirgan holda zamonaviy ta’lim amaliyotidan foydalanadi. O’quv dasturining asosiy fanlari milliy va global (dunyo) miqyosidagi tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi.

Shuningdek, institut kadrlar tayyorlashda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratadi[7]:

- O’z sohasida mukammal kompleks bilimlarga egaligi

- Tanqidiy fikrlash va qo’yilgan masalalarni yechish ko’nikmasiga egaligi

- Biznes savodxonligi va kirishuvchanligi

- Yetakchilik sifatlari, jamoat bo’lib ishlash va rivojlanish ko’nikmalari

- Ahloqiy kompetensiyaga egaligi va xalqaro bag’rikengligi

- O’z ishiga sadoqat, hissiyotni jilovlay olish sabr bardoshli bo’lish.

Universitet markazlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axborot-kutubxona markazi.

Taʼlim yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oktyabr oyida 4 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotiga litsenziya berildi“ (2021-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  2. „Institut litsenziyasi“. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  3. „O‘zbekistonda yangi oliy ta'lim muassasasi ochildi“ (2021-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  4. „Biz haqimizda“.
  5. „UzA: Eng ko‘p grant o‘rinlari ajratgan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti ma’lum bo‘ldi“ (2022-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  6. „Eng koʻp grant oʻrinlari ajratgan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti maʼlum boʻldi“ (2022-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  7. „Biz haqimizda“. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.