Fotima alayh xonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotima alayh xonim — Turkiyalik mashhur Javdat poshoning qizi. Hijjriy 1279, milodiy 1862-yili Istanbul da tugʻilgan.

Fotima yetuk ilmi va odobi bilan mashhur boʻlgani sabab Turkiya ga sayohatga kelgan fransuz ayollari uni ziyorat qilishga kelar ekanlar.

Mashhur faylasuf , muharrir Adham Midhat bu ayol haqida ikki yuz betlik kitob yozib, nashr ettirgan.

Maqolasidan parcha[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Islom ayollari“ nomli asarda Fotima xonimning bir maqolasi ham chop etilgan, undan parcha: Fors va Jeneva da Sharq ayollari va Gʻarb ayollari nomli asar chop etildi. Asar muallifi Emil Julyer. Bu zot Turkiyada 7 yil yashab turk ayollari hayotini oʻrgangani, ular haqida haqiqatni yozganini taʼkidlaydi. U haqiqatni yozganida edi eʼtirof etardik. Ammo bu janob notoʻgʻri narsalarni yozgani sabab biz sukut saqlab turmaymiz. U yozadi: „Turk ayollari oʻqish yozishni bilmaydi. Skameykalarda saqich chaynab, umr oʻtkazadi. Erlaridan ochkoʻz boʻridek yeb-ichishga, kiyim-kechakka pul talab qiladi. Ular uchun maktab yoʻq“. Julyer agar Istanbulda 7 yil emas, 7 soat turganida edi, qizlarning guruh-guruh boʻlib boshlangʻich, rushdiy va oliy maktablarga ketishyotganini koʻrgan boʻlardi. Yana turk ayollarining gazeta chop etishdagi faoliyatlari bilan tanishgan boʻlar edi. Bu ham yetmagnidek, janob: „Turk ayollarining ilm-maʼrifatdan bebahra qolishlarining sababi, Qur`on man etilgani boisdir“, deydi. Ajabo, Julyer Qur`onning fransuzcha tarjimasini oʻqigan boʻlsa, qaysi oyatda bunday deyilganini aytsin! U janob savodsiz turk ayollari ichidan oʻzining fikrlarini rad etuvchi ayol borligini bilsa, qanday ahvolga tusharkin? "

Oʻzlashtirgan sohalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotima usuli qiroat, kitobat, qavoidi turkiya, qavoidi forsiya kabi ilmlarni oʻzlashtirgach, arab va fransuz tillarining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishgan. U mantiq , handasa , hisob, kalom va tavhid fanlaridan habardor boʻlganidek, musiqada ham kamolotga yetgan ekan.

Tarjima qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotimaning gazeta, jurnallarda chop etilgan maqolallari, tarjimalari va baʼzi asarlari arab, ingliz va fransuz tillariga tarjjima qilinib, butun dunyoga mashhur boʻlgan. Oʻz zamonasining buyuk va birinchi musulmon ayoli shu boʻlsa kerak.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Fahriddin o`g`li, Rizouddin. Mashhur xotunlar. Toshkent: Navro`z, 2019 — 303-bet bet.