Kontent qismiga oʻtish

Fotimiylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fotimiylar Yaqin Sharqda hukmronlik qilgan ismoiliylar xalifalari sulolasi (909—1171). Nasablari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima roziyallohu anhoga borib taqaladi. Fotimiylar davlati Tunisda barpo etilgan. X-asr oʻrtalarida fotimiylar Shimoliy Afrikaning butun hududi va Sitsiliyani, 969-yil Misrni, X-asr oxiri — XI-asr boshida esa Suriyani tobe etganlar (yana qarang fotimiylar xalifaligi).[1]