Kontent qismiga oʻtish

Filfla

Koordinatalari: 35°47′15″N 14°24′37″E / 35.78750°N 14.41028°E / 35.78750; 14.41028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Filfla
Native name:
Filfa

Filfla va qoʻshni Filfoletta Dingli qoyalaridan koʻrinishi (shimoli-gʻarbdan)

Filfla xaritasi
Filfla is located in Malta
Filfla
Filfla
Malta ichida joylashgan
Geography
Location Maltadan janubda, Oʻrta yer dengizi
Coordinates 35°47′15″N 14°24′37″E / 35.78750°N 14.41028°E / 35.78750; 14.41028
Archipelago Maltese islands
Total islands 2
Area 0.06 km2 (0.023 kv mi)
Administration
Malta
_BLANK_

Filfla – Malta orolidan 4.5 kilometr (2.8 milya) janubda joylashgan, odam yashamaydigan orol va Malta arxipelagining eng janubiy nuqtasidir. Filflu (yoki Filfluu), Filfladan 101 metr (331 fut) janubi-gʻarbda joylashgan qoyali orol boʻlib[1], Maltaning eng janubiy nuqtasi ayni shu hududda joylashgan. Orolning nomi arabcha murch maʼnosini anglatuvchi felfel soʻzidan kelib chiqqan, deb hisoblaniladi[2].

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filflaning maydoni 3.7282 gektar (9.213 akr) ni tashkil etadi. Shuningdek, u 988-metr (3,241 ft) uzunlikdagi qirgʻoq chizigʻiga ega. Orolda balandligi 60-metr (200 ft) boʻlgan ohaktosh qoyalar mavjud. Orolda dengiz qushlarining uch turi keng tarqalgan: Yevropa boʻron qushi (Hydrobates pelagicus) (taxminan 5000-8000 juft), Kori boʻron qushi (Calonectris borealis) (200 juft) va sariq oyoqli chayka (Larus michahellis) (130 juft). Orol, asosan, boʻron qushlari koloniyasi koʻpligi tufayli, BirdLife International tomonidan qushlarning muhim ahamiyatga ega hududi (IBA) sifatida roʻyxatga olingan[3]. Podarcis kaltakesaklarining bir turi (Podarcis filfolensis) va Clausiliidae (Lampedusa imitatrix gattoi) kabi turlar Filfla uchun endemik hisoblanadi. Uzunligi 2 m (6 ft 7 in) boʻlgan katta yovvoyi piyoz orolning baland qirlarida uchraydi. Filfla oroliga kirish faqat taʼlim yoki ilmiy maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin va tashrif buyuruvchilar Atrof-muhit va resurslar boshqarmasidan oldindan ruxsat olishlari kerak[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filfla oroli Maltaning neolit davridagi aholisi uchun yagona yashash uchun tanlanmagan orol boʻlgan. Orol roʻparasida Malta qirgʻogʻida Ħaġar Qim va Mnajdra ibodatxonalarini qurilganligi uchun ham muqaddas boʻlgan boʻlishi mumkin[4].

Oroldan topilgan yagona inshoot 1343-yilda gʻor ichida qurilgan ibodatxona hisoblanadi[5][6]. U 1856-yilda zilzila natijasida vayron boʻlgan va orolning bir qismi ham bu hodisada choʻkib ketgan. 1798-yilga oid Malta xaritasida qal’a, mayoq va Filfladagi ibodatxona joylashgan monastir koʻrsatilgan[7].

1971-yilgacha Qirollik dengiz floti va qirollik havo kuchlari oroldan nishonga olish joyi sifatida foydalanishgan va bu bombardimonlarga sarflangan patronlarni bugungi kunda ham Filfla hududidan topish mumkin[4]. 1980-yilda u qushlar qoʻriqxonasiga aylantirilgan. 1988-yilda qabul qilingan Filfla tabiiy qoʻriqxonalari toʻgʻrisidagi qonun loyihasiga koʻra, orolga kirish va u yerdagi narsalardan foydalanishga qoʻshimcha cheklovlar qoʻyilgan, shu jumladan, bir dengiz mili (1,9 km) diametrlik hududda baliq ovlash ham taqiqlangan. Buning asosiy sababi, orol atrofida portlamagan oʻq-dorilarga duch kelish mumkinligidandir[2].

Malta hukumatining 1990-yildagi 173-sonli xabarnomasi yana bir milya zonasida baliq ovlashga ruxsat bergan[8].

Filfla Liviya va Malta oʻrtasidagi kontinental shelf boʻyicha hududiy bahsga aylangan. Ish 1985-yilda Xalqaro Sud tomonidan amalga oshirilgan va hisob-kitoblardan chiqarib tashlangan orol dahlsiz hudud boʻlib qolgan[9][10].

Afsonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filflaning yaratilish tarixi Il-Maqlubaning shakllanishi bilan bogʻliq afsonalarga aloqador. Malta afsonasida aytilishicha, hozirda Il-Maqlubani tashkil etuvchi hududda shu qadar beqaror hayot kechirgan odamlar yashaganki, ularga qoʻshni boʻlgan bir kishi ularni bu gunohlari ogʻir jazo keltirishi mumkinligidan ogohlantirgan, lekin gunohkorlar bu soʻzlarga eʼtibor bermagan. Shuning uchun, Xudo gunohkorlarning faqat dono qoʻshnisinigina qutqarib, qishloqni yutib yuborish orqali ularni jazolamoqchi boʻlgan. Aytishlaricha, farishtalar qishloqning bir qismini dengizga tashlab, Filfla orolini yaratgan[11][12].

Media[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filfla 1980-yilda Popeye nomli filmda Scab orolining joylashuvi oʻrni sifatida tasvirlangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Topography and Flora of the Satellite islets surrounding the Maltese Archipelago“ – Arnold Sciberras, Jeffrey Sciberras, 2010
  2. 2,0 2,1 Morana, Martin. Bejn Kliem u Storja (mt). Malta: Books Distributors Limited, 2011. ISBN 978-99957-0137-6. 
  3. „Filfla Islet“. Important Bird Areas factsheet. BirdLife International (2013). 2007-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-avgust.
  4. 4,0 4,1 4,2 „An island cemetery for bombs on which no one can set foot“. TVM (2016-yil 6-yanvar). 2016-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Attard, Anton F (2012). "Il-Castrum Terre Gaudisii u l-Origini tal-Matrici tal-Assunta f'Ghawdex". Festa Santa Marija (Leone Philharmonic Society) (9): 70–77. https://www.yumpu.com/it/document/read/51521541/gawdex-leone-philharmonic-society/9. 
  6. Cini. „Filfla too had a chapel dedicated to Our Lady“. Times of Malta (2005-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  7. Dalli, Kim. „'Napoleon' map gives a tantalising clue to the past“. Times of Malta (2015-yil 28-aprel). Qaraldi: 2015-yil 29-aprel.
  8. „Archived copy“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-aprel.
  9. Hance D. Smith. The Development of Integrated Sea Use Management. Taylor & Francis, 1991 — 82 bet. ISBN 978-0-415-03816-4. 
  10. „CASE CONCERNING THE CONTINENTAL SHELF (LIBYAN ARAB JAMAHIRIYA/MALTA) Judgment of 3 June 1985“. 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
  11. „Il-Maqluba, Qrendi, Malta, Legends, myths & folklore“. Geulogy. Qaraldi: 2015-yil 9-iyun.
  12. Vanhove, Martine. La langue maltaise: études syntaxiques d'un dialecte arabe "périphérique" (fr) Harrassowitz Verlag: . Otto Harrassowitz Verlag, 1993 — 477–533 bet. ISBN 9783447033428. 2015-yil 9-iyunda qaraldi.