Kontent qismiga oʻtish

Malta kaltakesagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malta kaltakesagi
Qoyadagi malta kaltakesagi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Kenja turkum: Kaltakesaklar
Tur: Malta kaltakesagi

Malta kaltakesagi (lotincha: Podarcis filfolensis) — kichik sudralib yuruvchi hayvon.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik kaltakesak. Tana uzunligi 6,5 sm gacha, dum uzunligi tana uzunligidan taxminan ikki baravar ortiq.

Rangi juda oʻzgaruvchan kulrang va jigarrangdan yashil ranggacha boʻlgan turli xillarini uchratish mumkin. Odatda tanasining orqa tomonida tartibsiz shakldagi kichik qora dogʻlar va uzunasiga ketgan chiziqlar bor. Yonlarda quyuq toʻr naqsh koʻzga tashlanadi. Tananing pastki qismi sariq, toʻq sariq yoki qizil. Erkaklar yorqinroq rangga ega, urgʻochilar asosan jigarrang.

Turlarning yashash joyi — Oʻrta yer dengizidagi Malta arxipelagi va Pelagik orollari. Malta va unga tutash kichik Filfla, Gozo, Linosa, Lampione va boshqa orollarda uchraydi.

Kaltakesaklar chakalakzorlarda, qoyalarda, binolar devorlarida, toshloq joylarda yashaydi. Bundan tashqari ekin maydonlarida, yaylovlarda va bogʻlarda koʻrish mumkin.

U hasharotlar va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi, shuningdek , oʻsimliklarning gullari hamda mevalarini ham isteʼmol qilishi mumkin. Turlar orasida kannibalizm qayd etilgan.

Koʻpayish juda kam oʻrganilgan. Erkaklar oʻz hududlarini boshqa erkaklardan himoya qiladi. Juftlanish bahorda sodir boʻladi. Urgʻochilar 1-2 ta tuxum qoʻyadi, undan bolalar iyul — avgust oylarida chiqadi[1][2].

Tasniflash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turning rangi va oʻlchami bilan farq qiluvchi 5-6 kichik turlari bor.

Kichik turlar:

  • Podarcis filfolensis maltensis — Malta, Gozo va Komino orollarida yashaydi. Rangi odatda yashil, baʼzan dogʻli.
  • Podarcis filfolensis filfolensis eng katta kenja turi boʻlib, Filfla orolida yashaydi. Koʻk va yashil dogʻlar bilan quyuq qora rangga ega.
  • Podarcis filfolensis kieselbachi Sent-Pol orollari uchun endemik hisoblanadi. Rangi har xil: jigarrang, kulrang, qora dogʻlar va toʻq sariq qorin bilan.
  • Podarcis filfolensis generalensis Gozoning gʻarbiy sohilidagi qoʻziqorin qoyasining endemik turi. Qizil qorin va moviy chiziqlati bor.
  • Podarcis filfolensis laurentimulleri — Linosa va Lampione orollarida uchraydi.

Oltinchi kichik tur Kominotto orolida mavjud deb ishoniladi.

Xavfsizlik holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Populyatsiyaning tarqalish maydoni 5 ming km² dan kamroq, ammo turga eng past xavf bilan (LC) muhofaza maqomi berilgan. Ularning soni barqaror, lekin baʼzi joylarda yashash joylarining buzilishi tufayli kamayib bormoqda. Baʼzi populyatsiyalar (masalan, Lampione orolida) ham xavf ostida boʻlishi mumkin, chunki ularning tarqalish maydoni juda kichik orollar bilan cheklangan. Turlarning yashash muhitining bir qismi qoʻriqlanadigan hududdir[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wildlife of the Maltese Islands, BirdLife Malta and Nature Trust, 1995
  2. Nature in Gozo, BirdLife Malta, 2007
  3. „IUCN Red List. Podarcis filfolensis. 2009-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-iyul.