Fiat
![]() | |
Turi | Società per azioni |
---|---|
Tarmogʻi |
Avtomobillar Media |
Egasi | Exor (30.05%) |
Qachon asos solingan | 1899-yil 11-iyul, Turin, Italiya |
Joylashuvi | Turin, Italiya |
Asoschi(lari) | Giovanni Agnelli |
Xoʻjayinlar |
John Elkann (boshqaruv raisi) Sergio Marchionne (CEO) |
Mahsulot(lar)i | Avtomobillar, savdo transport vositalari, avtomobil ehtiyot qismlari, gazetalar, ishlab chiqarish tizimlari |
Daromadi |
![]() |
Aylanma daromadi |
![]() |
Ishchilar soni | 214,836 (2012-yil oxiri)[1] |
Shoʻba korxonalari |
Kompaniyalar[2]
|
Vebsayti | fiatspa.com |
"FIAT" (FIAT; Fabrica Italiana Automobili Torino) — Italiyadagi eng yirik avtomobil korporatsiyasi. Yengil, sport, yuk avtomobillari, sanoat (metro poyezdlari, vagonlar) va qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqaradi, shuningdek, aerokosmik mahsulotlar ishlab chikaradigan korxonalari ham bor. Uning bosh idorasi Turin shahrida. Korporatsiya 1899-yili bir guruh sarmoyachilar tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, ular orasida Javanni Anyelli ham boʻlgan. J. Anyellilar sulolasi hozirgacha "F."ga rahbarlik qilib keladi. 1899-yil korporatsiyada "Reno" kompaniyasining litsenziyasi bilan "Reno" avtomobillari yigʻila boshlagan. 1912-yildan boshlab, "F." rusumli avtomobillarni keng seriyada i.ch yoʻlga qoʻyiddi. 1909-yil AQShda "F."ning "Poughkeepsie" zavodi ishga tushirildi. 1936—2002-yillarda "F." korporatsiyasida yengil avtomobillarning oʻnlab yangi modellari yaratildi. 1966-yil sobiq Sovet davlati "F." bilan shartnoma tuzib, 1967—71 yillarda Tolyati shahrida SSSRda eng yirik Volga avtomobil zavodining 1navbati qurilishini amalga oshirdi (yillik quvvati 220 ming avtomobil) va "FIAT — 124" (VAZ — 2101 "Jiguli") modelini keng miqyosda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu avtomobillar Oʻzbekistonda ham keng tarqaddi.
AQSH, Polsha, Braziliyada korxonalari bor. 2002-yilda bankrotlikka uchragan FERRARI va LANCA, ALFA ROMEO kompaniyalarini sotib olgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Annual Report 2012“. Fiat. Qaraldi: 25-aprel 2013-yil.
- ↑ „Group Brands“. fiatspa.com. Qaraldi: 25-may 2013-yil.