Felipe Flores

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Felipe Flores
Toʻliq ismi Felipe Ignacio Flores Chandia
Tugʻilgan joyi va vaqti 1987-yil 9-yanvar (36 yosh)

Santyago, Chili

Fuqaroligi Chili
Boʻyi

175 sm

Pozitsiyasi Hujumchi
Klubi haqida maʼlumot
Klubi

Flag Chili Deportes Antofagasta

Raqami

17

Felipe Ignacio Flores Chandia (ispancha: Felipe Ignacio Flores Chandía; 9-yanvar 1987-yil, Santyago, Chili) – chililik professional futbolchi, Deportes Antofagasta klubi va Chili milliy terma jamoasi hujumchisi.

Klub karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flores Kolo-Kolo klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2004-yilda u Chili Primerasida asosiy jamoa safida debyut qiladi. 2006-yilda Felipe klub Kolo-Kologa ikki marta chempion boʻlishiga yordam beradi. Oʻyin tajribasiga ega boʻlish uchun u OʻXiggins, Kobreloa va Union Espanola klublarida ijara asosida oʻynaydi. 2008-yilda Flores Chilini tark etadi va mavsumni Meksika uchinchi divizionida Petroleros de Salamanka uchun oʻynadi. 2009-yil boshida Felipe La Piedadga koʻchib oʻtadi. 18-yanvar kuni Irapuato jamoasiga qarshi boʻlgan bahsda u zaxiradan maydonga tushib Liga Asensodagi debyutini oʻtkazadi[1]. Oʻsha oʻyinda Flores dubl qayd etib, „La Piedad“ safidagi ilk gollarini kiritadi. 2010-yil boshida u „Deportes Antofagasta“ klubiga qarshi oʻyin uchun qisqa muddatga vataniga qaytadi.

Oʻsha yilning yozida Felipe Dorados de Sinaloaga koʻchib oʻtadi. 18-iyul kuni Irapuatoga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qiladi[2]. 25-iyul kuni „Atlante deblers“ga qarshi oʻyinda Flores „dubl“ni amalga oshiradi va Dorados de Sinaloa uchun oʻzining birinchi golini uradi[3].

2011-yilning yozida Felipe „Santyago Morning“ klubiga kelib qoʻshiladi. 10-sentyabr kuni Santyago Uonderersga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safida debyut qiladi[4]. 2-oktyabr kuni „Nyublense“ga qarshi oʻyinda Flores „Santyago Morning“ uchun birinchi golini uradi[5] . 2012-yil boshida u ikkinchi marta Kobreloaga koʻchib oʻtdi va yozda u vatani Kolo-Kologa qaytdi. 2014-yilda Felipe klub bilan uchinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2015-yil 19-fevralda u Libertadores kubogi doirasida braziliyalik Atletiko Mineyroga qarshi oʻyinda gol urdi[6].

2015-yilning yozida Flores Meksikaga qaytib, Tixuana klubiga kelib qoʻshiladi. 26-iyul kuni Pachukaga qarshi oʻyinda u Meksika Primerasida debyut qildi[7]. Oʻsha uchrashuvda Felipe „Tixuana“ darvozasiga birinchi golini kiritib, penaltini aniq amalga oshirdi. 2017-yil boshida Flores Verakrusga koʻchib oʻtdi. 7-yanvar kuni „Keretaro“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi[8]. 15-fevral kuni Chili kubogi doirasida Toluka bilan oʻyinda Felipe Verakrus safida oʻzining birinchi golini urdi[9]. 2018-yilda u Deportes Antofagastaga qaytadi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 22-mart kuni Flores Chili terma jamoasi safida Peruga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qiladi[10] .12-aprel kuni Peru terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi[11].

Chili terma jamoasi uchun gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# sana Joy Raqib Natija Hisob Musobaqa
01. 2012-yil 12-aprel Xorxe Basadre, Takna, Peru Peru Peru 0:2 0:3 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa

"Kolo-Kolo"

  • 1Chempion Chili futbol chempionati – Apertura 2006
  • 1Chempion Chili futbol chempionati – Klausura 2006
  • 1Chempion Chili futbol chempionati – Clausura 2014  

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ла-Пьедад VS. Ирапуато 2:0“ (en). soccerway.com (2009-yil 18-yanvar).
  2. „Ирапуато VS. Дорадос де Синалоа 1:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 18-iyul).
  3. „Дорадос де Синалоа VS. Атланте II 2:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 25-iyul).
  4. „Сантьяго Морнинг VS. Сантьяго Уондерерс 3:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 10-sentyabr).
  5. „Сантьяго Морнинг VS. Ньюбленсе 1:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 2-oktyabr). 2015-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  6. „Коло-Коло VS. Атлетико Минейро 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-fevral). 2015-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  7. „Пачука VS. Тихуана 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 26-iyul). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  8. „Веракрус VS. Керетаро 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 7-yanvar). 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  9. „Веракрус VS. Толука 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 15-fevral). 2017-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  10. „Чили VS. Перу 3:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 22-mart). 2014-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.
  11. „Перу VS. Чили 0:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-aprel). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-avgust.