Fayzulla Ordaboyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Fayzulla Beysenuli Ordaboyev | ||
Tavallud sanasi | 10-noyabr 1966-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 170 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Vazni | 75 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1983- | Sohibkor | 34 | (2) |
1988 | Andijon | 34 | (3) |
1989 | Trakor | 34 | (7) |
1990 | Paxtakor | 3 | (0) |
1990—1991 | Sverdlovets | 72 | (20) |
1992—1996 | Jiger | 128 | (29) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Fayzulla Beysenuli Ordabaev (1966-yil 10-noyabr[1]) — qozogʻistonlik futbolchi, futbol murabbiyi[2], hujumchi va yarim himoya pozitsiyalarida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fayzulla oʻzbek futboli tarniyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatini 1983-yil Toshkentning „Sohibkor“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1988-yil Andijonning „Paxtakor“ (hozirda Andijon deb nomlanadi) jamoasi safida oʻtdi. 1989-yil Toshkent Traktor zavodining „Traktor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 1990-yilgi mavsumda SSSR Birinchi ligasida toʻp suruvchi „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Fayzulla Paxtakor jamoasi safida SSSR musoboqalarida 3 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda Sverdlovets jamoasi takibida SSSR ikkinchi ligasida toʻp surdi v. 1992-yil SSSR parchalanganidan soʻng Fayzulla Qozogʻiston jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1992-yil Qozogʻiston chempionatida Chimkentning „Jiger“ klubi safida boshladi va Qozog‘iston fuqaroligini oldi. Jiger jamoasi safida 4 mavsum davomida toʻp surib, 128 oʻyinda 29 ta gol muallifiga aylandi. Qozogʻiston jamoalarida 10 yildan ziyod vaqt davomida toʻp surib[3], 2004-yil „Yassi“ jamoasi takibida, 38 yoshida faoliyataini yakunladi. 2001-yilgi mavsumda „Irtish“ jamoasi tarkibida Qozogʻiston kubogi finalida ishtirok etgan.
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozog‘iston terma jamoasi tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazdi. 1994-yil 11-aprelda u ilk bor Tojikistonga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvida oʻynadi. 1997-yil 6-iyunda u oxirgi marta JCH-1998 saralashida Iroqqa qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda „Ordabasi“ klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2013-yilda „Astana-1964“ klubi bosh murabbiyi boʻldi.
2018-yilda u „Janubiy Akademiya“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „footballfacts.ru“. 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
- ↑ „СОТРУДНИКИ УРДАБАЕВ Файзулла Бейсенович“. 2023-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
- ↑ „XXIII ЧЕМПИОНАТ КАЗАХСТАНА ПО ФУТБОЛУ. ПЕРВАЯ ЛИГА - 2014“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 10-noyabrda tugʻilganlar
- 1966-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Qozogʻistonlik erkak futbolchilar
- Andijon klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Sohibkor futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Sverdlovets klubi futbolchilari
- FC Jiger futbolchilari
- FC Shakhter Karagandy futbolchilari
- Tomiris FC futbolchilari
- FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari
- Aktobe futbolchilari
- FC Turkiston futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar