Fatmire Alushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fatmire Alushi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fatmire Alushi
Tavallud sanasi 1-aprel 1988-yil (1988-04-01) (36 yosh)
Tavallud joyi Gjurakoc, Yugoslaviya
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1993—1998 DJK/VfL Giesenkirchen
1998—2004 FSC Mönchengladbach
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2009 FCR 2001 Duisburg 84 (30)
2009—2011 1. FFC Turbine Potsdam 40 (29)
2011—2014 1. FFC Frankfurt 27 (10)
2014—2016 Paris Saint-Germain 24 (8)
Milliy terma jamoa
2003 Germaniya U15 2 (0)
2004 Germaniya U17 7 (0)
2005—2006 Germaniya U19 16 (1)
2005—2015 Germaniya 79 (18)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

FatmireLiraAlushi (talaffuzi: Fatmire Alushi) (1988-yil 1-aprelda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " tanlovida uchinchi oʻrinni egallagan[1].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alushi 2009-yilda Potsdam bilan mashgʻulotlarda

Alushi oʻz faoliyatini DJK/VfL Gizenkirxenda boshlagan. 1997-yildan 2004-yilgacha u Bundesligaga oʻtishdan oldin Myonxengladbax FSC uchun oʻynagan[2][3]. U Bundesligadagi debyutini 2004-yilning sentyabrida boshlagan va bir oy oʻtib ilk golini urgan. U 2005-yildan 2008-yilgacha „Duysburg“ safida toʻrt mavsum ketma-ket ikkinchi oʻrinni egallagan. 2008—2009-yilgi mavsumda Alushi UEFA ayollar chempionlar ligasida gʻolib chiqgan. Shuningdek, u 2009-yilda Germaniya kubogi sohibi boʻlgan va u yerda finalda gol urgan.

Duysburgdagi besh mavsumdan soʻng Alushi 2009-10-yilgi mavsum uchun FFC Turbine Potsdamga oʻtgan.[4]. Yangi klubida u 2010 va 2011- yillarda Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2009—2010-yilgi mavsumda Potsdam tarkibida finalda penaltilar seriyasida Bayramaj gol urib, Ayollar oʻrtasidagi UEFA Chempionlar Ligasining ilk gʻolibligini qoʻlga kiritgan[5]. Bir yil oʻtib, Potsdam yana finalga yoʻl olgan, ammo " Olimpikque Lyon "ga yutqazgan.

Alushi PSJ bilan 2015-yil aprel oyida " Volfsburg "ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvida

Alushi 2010-yilgi FIFA "Oltin toʻp " uchun kurashda uchinchi oʻrinni egallagan. 2011—2012-yilgi mavsum uchun Frankfurt FFC klubiga oʻtgan. Ushbu transfer ayollar Bundesligasi tarixidagi eng qimmat transfer boʻlgan[6].

2014-yilda u Parijga koʻchib oʻtgan[7].

Alushi 2017-yil 28-fevralda nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alushi Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2005-yilning oktyabr oyida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bir yil oʻtgach, u 2006-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida gʻolib boʻlgan[1]. 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi chorak finalgacha ishtirok etagan. Alushi jamoaning barcha toʻrtta oʻyinida maydonga tushgan va turnir davomida uchta gol urgan[9].

U oʻzining birinchi yirik xalqaro unvonini 2007-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritgan. U Germaniyaning zaxira oʻyinchisi boʻlib, toʻrtta oʻyinda, shu jumladan turnir finalida maydonga tushgan va burchak toʻpini Germaniyaning ikkinchi goliga aylantirgan. Bir yil oʻtgach, Alushi 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Germaniya bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. U uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida 62 daqiqadan soʻng maydonga tushgan va Germaniyaning Yaponiyaga qarshi oʻyinida (2:0) ikkala golga ham mualiflik qilgan. 2009-yilda boʻlgan Yevropa chempionatida Alushi ilk bor Yevropa kubogni boshi uzra koʻtargan. Germaniya oʻzining yettinchi chempionligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chaqirilgan[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alushining ota-onasi Ismet va Ganimete kosovo -alban hisoblanishadi.1993-yilda Kosovoning Istok shahridan Germaniyaga koʻchirishgan[10].

2011-yil iyun oyida Alushi boshqa futbolchi Enis Alushi bilan uchrashishni boshlaydi. Ularning ikkisni otasi ham Kosovoda politsiyachi sifatida birga ishlagan[11]. Er-xotin kelasi yil nikohlarini eʼlon qilishgan. Koʻp oʻtmay, 2012-yil sentyabr oyida ikkalasi ham jarohat olgan[12]. Er-xotin 2013-yilning dekabrida turmush qurishgan[13]. 2015-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalidan soʻng, Alushi homiladorligini va Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015 FIFA Ayollar Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishini eʼlon qilgan. U oxir-oqibat maydonga qaytishni kutayotganini, ammo „hayotda futboldan ham muhimroq narsalar borligini“ aytgan[14].

Faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatmir Alushi tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati[1]
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 29.07.2007 Magdeburg, Germaniya Daniya 3-0 4-0 Oʻrtoqlik
2 21.08.2008 Pekin, Xitoy  Yaponiya 1-0 2-0 2008-yil yozgi Olimpiya oʻyinlari
3 2-0
4 24.08.2009 Tampere, Finlandiya Norvegiya 2-0 4-0 UEFA ayollar Yevro-2009
5 4-0
6 7.09.2009 Xelsinki, Finlandiya Norvegiya 3-1 3-1 UEFA ayollar Yevro-2009
7 17.02.2010 Duysburg, Germaniya Shimoliy Koreya 1-0 3-0 Oʻrtoqlik
8 15.09.2010 Drezden, Germaniya  Kanada 2-0 5-0 Oʻrtoqlik
9 17.09.2011 Augsburg, Germaniya Shveysariya 1-0 4-1 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi
10 2-0
11 22.10.2011 Buxarest, Ruminiya Ruminiya 2-0 3-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi
12 19.11.2011 Visbaden, Germaniya Qozogʻiston 11-0 17-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi
13 19.09.2012 Duysburg, Germaniya Turkiya 8-0 10-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi
14 21.09.2013 Kottbus, Germaniya  Rossiya 5-0 9-0 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi
15 26.10.2013 Koper, Sloveniya  Sloveniya 8-0 13-0 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi
16 8.05.2014 Osnabrück, Germaniya  Slovakiya 1-0 9-1 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi
17 3-0
18 6-0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FCR 2001 Duisburg

  • Ayollar oʻrtasidagi UEFA kubogi : 2008—2009
  • Bundesliga : ikkinchi oʻrin 2004—2005, 2005—2006, 2006—20007, 2007—2008
  • DFB-Pokal : 2008—2009 ; ikkinchi oʻrin 2006—2007

Turbine Potsdam

  • UEFA ayollar chempionlar ligasi : 2009—2010
  • Bundesliga: 2009—2010, 2010—2011

Frankfurt FFC

  • UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi: ikkinchi oʻrin 2011—2012
  • DFB-Pokal: 2013-14
  • FIFA Jahon chempionati : 2007-yil
  • UEFA Yevropa chempionati : 2009, 2013
  • Olimpiya bronza medali : 2008-yil
  • U-19 ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2006-yil
  • Algarve kubogi : 2014-yil

Shahsiy yutuqlar

  • Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2011-yil
  • Silbernes Lorberblatt : 2007-yil
  • FIFA Oltin toʻp : uchinchi oʻrin 2010-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Nationalspielerin Fatmire Bajramaj“ (de). DFB.de. Qaraldi: 25-iyun 2011-yil.
  2. „Portrait of the Footballer Fatmire Bajramaj: From Refugee to World Champion“. En.qantara.de. 14-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2011-yil.
  3. VON CHRISTIAN SPOLDERS – zuletzt aktualisiert: 1-oktabr 2007-yil. „Weltmeisterin aus Giesenkirchen“. Rp-online.de (22-fevral 1999-yil). 15-sentabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2011-yil.
  4. „Fatmire Bajramaj wechselt zum 1. FFC Frankfurt“ (de). womensoccer.de (18-aprel 2011-yil). 2011-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2011-yil.
  5. „Turbine-Frauen gewinnen im Elfmeterschießen“ (de). Spiegel.de (20-may 2010-yil). Qaraldi: 18-iyun 2011-yil.
  6. „Bajramaj-Wechsel läutet neue Ära ein“ (de). womensoccer.de (20-aprel 2011-yil). 2011-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2011-yil.
  7. „Alushi enticed by Paris“ (10-iyun 2014-yil).
  8. „Weltmeisterin Alushi beendet ihre Karriere“. dfb (28-fevral 2017-yil).
  9. „Fatmire Bajramaj“. FIFA.com. 11-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2011-yil.
  10. „Film ab! Jetzt spielen auch die Eltern mit“ (de). Der Tagesspiegel (23-iyun 2008-yil). Qaraldi: 23-mart 2010-yil.
  11. Schöne Lira liebt diesen Zweitliga-Profi
  12. „Liebe ist......ein gemeinsamer Kreuzbandriss“ (de). Bild.de (1-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2012-yil.
  13. „Archived copy“. 19-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2014-yil.
  14. „Fatmire Alushi ist schwanger und fehlt bei der WM“ (de). kicker.de (15-may 2015-yil). Qaraldi: 15-may 2015-yil.