Duysburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Duysburg — Germaniyadagi shahar, Shim. Reyn-Vestfaliya yerida. Reyn daryosining oʻng sohilida, Reyn-Xerne kanali boshlanishida joylashgan. Aholisi 523,3 ming kishi (1998). Germaniyadagi eng katta daryo portlaridan, den-giz kemalari ham kira oladi (yiliga 1 mln. t dan ziyod yuk ortiladi va tushiriladi). T. y. tuguni, Rur havzasining gʻarbiy "darvozasi", asosiy sanoat mar-kazlaridan biri. Metallsozlik, poʻlat konstruksiyalar i.ch., mashinasozlik, daryo kemasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, shahar atrofida toshkoʻmir konlari bor. D. porti oqali chetga koʻmir, koks, metallar, mashinalar chiqariladi; chetdan ruda, neft, yogʻochtaxta, gʻalla keltiriladi. Daryo kemasozligi va metall payvandlash institutlari bor. Shahar 13-asrdan maʼlum.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil