Farxod Tohirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farhod Tohirov
Tavalludi 1990-yil 29-may
Fuqaroligi Tojikiston
Boʻyi 1.76 sm
Mukofotlari 2 karra Tojikiston chempioni
Tojikiston kubogi sohibi

Farhod Tohirov (tojikcha: Фарҳод Тоҳиров; 29-may 1990-yil, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — tojik futbolchisi. Tojikiston terma jamoasi hujumchisi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farhod Tohirov futboldagi professional faoliyatini 2007-yilda Bobojon G‘ofurovning „Parvoz“ klubida boshlagan.

2010-yilda Tohirov Tojikistonning eng yaxshi klublaridan biri — Dushanbening „Istiqlol“ klubiga oʻtadi. „Istiqlol“ jamoasi tarkibida Tohirov 2010 va 2011-yillarda ikki marotaba Tojikiston chempionligini qoʻlga kiritadi. Bir marta Tojikiston kubogi sohibiga aylanadi. 2011-yilgi toʻpurarlar bahsida faqatgina Yusuf Rabiyevdan ortda qolgan holda umumiy hisobda 27 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni egallaydi.

2012-yil boshida Tohirovga qoʻshni davlat — Oʻzbekistonning „Andijon“" klubi eʼtibor qaratadi. Muzokaralardan so‘ng Tohirov „Andijon“ bilan bir yarim yillik shartnoma imzolaydi va shu orqali „Andijon“ klubi futbolchisiga aylanadi[1]. Farhod Tohirov „Andijon“ jamoasi tarkibida mavsumning yarmini oʻtkazgan holda Oʻzbekiston chempionatining 9 ta oʻyinida 1 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Futbolchi yozgi tanaffus vaqtida andijonliklar bilan shartnomani bekor qilib, Tojikistonga qaytadi va sobiq jamoasi „Istiqlol“ tarkibida ikkinchi davra 12 uchrashuvda raqib darvozasiga 11 ta gol uradi.

2013-yilda Tohirovni „Parvoz“ futbol klubiga taklif qilishadi va tez orada futbolchi va klub oʻrtasida shartnoma imzolanadi. Ammo oradan koʻp vaqt oʻtmay, futbolchini „Istaravshan“ klubiga ijaraga berishadi. „Istaravshan“ klubi tarkibida Tohirov atigi yarim mavsum oʻyinlarini oʻtkazadi va „Parvoz“ klubi uni oʻz safiga qaytarib oladi. 2014-yil mavsum boshidan Farhod Tohirov „Parvoz“ klubi futbolchisi hisoblanadi.

Jamoaviy karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Farhod Tohirov Tojikiston yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻynay boshlaydi va oʻsha yili yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻz jamoasi bilan ishtirok etadi[2]. 2011-yilda esa mamlakatning asosiy terma jamoasi safiga taklif qilinadi. Farhod Tohirov Tojikiston terma jamoasi safida o‘n beshta o‘yinda maydonga tushib, jami to‘rtta gol urgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Istiqlol“ jamoasi safida:

  • Tojikiston chempioni: 2010, 2011-yillar;
  • Tojikiston kubogi sohibi: 2010-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]