Kontent qismiga oʻtish

Fargʻona dehqon armiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fargʻona dehqon armiyasi
Sanalar 1918-yil 23-noyabr — 1929-yil 17-yanvar
Raqiblar
Qizil armiya
Qoʻmondonlar
Konstantin Ivanovich Monstrov Madaminbek
Turkistondagi slavyan oilasi (XX asr boshlari)

Fargʻona dehqon armiyasi — Rossiyadan Jalolobodga koʻchirib keltirilgan rus erkaklaridan tashkil topgan armiya (1918—1920).

Armiyaning tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalolobod va Oʻshdagi rus qishloqlarining aholisi Rossiyasi imperiyasi mamlakatga hukmronlik qilgan davrda u yerdan koʻchirib keltirilgan rus krestyanlaridan tashkil topgan boʻlib, 1918-yil kuzida sovet hokimiyati ularga oʻzlarini himoya qilish uchun qurol-yarogʻ tarqatadi.

1918-yil 23-noyabrda dehqon otryadlari komandirlari tomonidan Jalolobodda otryad komandirlari va qishloq aholisi vakillarini birlashtirgan armiya shtab-kvartirasi va Harbiy kengashi tashkil etiladi va ushbu armiyaga K. I. Monstrov qoʻmondon etib tayinlanadi[1].

1918-yil 2-dekabrda Harbiy kengash shtabning tuzilishini, armiyaning va dehqonlarning shtab oldidagi vazifalariga aniqlik kiritib oladi. Armiya 10 ta polkga boʻlingan boʻlib, ulardan birinchi 4 ta polk faol yurishlar uchun moʻljallangan, kuchli hujumkor xarakterga ega boʻlgan, qolgan 4 ta polk dehqonlar va oddiy aholi mulkini himoya qilish uchun tuzilgan, yana 2 tasi esa keksa, jangga yaroqsiz kishilardan iborat boʻlib, zaxira polki hisoblangan.

Sovet hukumati tomonida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiston Respublikasi harbiy komissari K. Osipov 1918-yil dekabr oyida Fargʻona viloyatida Krestyanlar armiyasi rahbarlari bilan uchrashadi. Polkovnik K. Monstrov boshchiligidagi Krestyanlar armiyasi dastlab qizil askarlar va dashnoqlar qatorida turib tinch aholini qirishda qatnashadi. Ularning Fargʻona vodiysidagi Bozorqoʻrgʻon, Oyim, Qoʻqonqishloq va Suzoq qishloqlarida tinch aholiga nisbatan qilgan xunrezliklari bunga yaqqol dalildir. 1918-yilning oxiri va 1919-yilning boshida bu toʻrtta yirik qishloq butunlay yakson qilinadi va barcha qishloq aholisi qirib tashlanadi. Biroq bolsheviklar yuritayotgan siyosat Krestyanlar armiyasi rahbarlariga yoqmaydi, chunki ular xususiy mulkning tugatilishi, gʻalla monopoliyasi va sovet rejimining boshqa tadbirlariga qarshi edilar, buning ustiga tub aholidan tortib olingan yer-suvni sovet hokimiyati musodara qilayotgan edi.

Dehqonlar armiyasini Qizil Armiya bilan parallel ravishda tashkil etish Farg‘ona fronti qo‘mondonligining bir qator partiya va sovet ishchilari fikriga zid ravishda amalga oshiriladi va ular TSR Xalq Komissarlari Sovetiga[2] taklif qilinadilar. 1918-yil oktyabr oyida Fargʻona viloyati rus qishloqlari dehqonlarini Qizil Armiya safiga qisman safarbar qilish ishlari amalga oshiriladi.

Bolsheviklarga qarshi qoʻzgʻolon

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yil yozida Madaminbek taktik maqsadlarni koʻzlab, bolsheviklar va Qizil armiyaga qarshi Fargʻona vodiysida yagona kuch tashkil qilish uchun Krestyanlar armiyasi rahbarlari bilan muzokaralar olib boradi. Ular, oʻz navbatida, Madaminbekni vodiyni oʻz nazoratida tutib turuvchi yagona zamonaviy sarkarda sifatida tan olishadi. Ikkala tomon rahbarlari, dastlab, 1919-yil 20-iyunda uchrashsalar-da, biroq oʻrtada shartnoma imzolanmaydi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, Jalolobod, Qurshob va Oʻshda yashovchi Krestyanlar armiyasining koʻplab askarlari Madaminbekka qoʻshilib, iyul oyida Qizil armiyaga qarshi janglarda ishtirok etishadi. Bu orada Madaminbek va Monstrov oʻzaro bir necha marta uchrashishib, shartnoma shartlarini kelishib olishadi.

1919-yil 2-sentabrda Madaminbek va Monstrov oʻrtasida sovet rejimiga qarshi birgalikda kurashish toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi. 10 ta polkdan iborat 5000 kishilik Krestyanlar armiyasi Madaminbek tomoniga oʻtadi. Birlashgan armiyaning Oliy bosh qoʻmondoni sifatida Madaminbek, uning oʻrinbosari sifatida Monstrov tayinlanadi. Qoʻrboshilarga rahbarlik qilish Madaminbekning eng yaqin yordamchisi Soli Maxdumga yuklatiladi. Sentyabrning boshlarida birlashgan armiya Jalolobod, Oʻsh va Margʻilon shaharlari, Novqat shaharchasini qizil askarlardan ozod qiladi.

Oʻshning qoʻlga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sentyabr oyining boshida Madaminbek va Monstrovning birlashgan qoʻshinlari Oʻsh shahrini egallab oladilar. Qizil Armiya otryadlarining dushmanni ogohlantirishga urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi. Shahar uchun kechgan janglarda bolsheviklar partiyasi Andijon okrugi qoʻmitasi otryadi komandiri Bildin halok boʻladi. Oʻshga yaqinlashganda, dehqon armiyasi boʻlinmalari shaharni suv bilan toʻldiradi, ariqlarni toʻsib qoʻyadi, bu esa dushmanda vahima qoʻzgʻatadi. Shu bilan birga, Oʻshda joylashgan qizil askarlarning bir qator qoʻmondonlari dehqon qoʻshinlari tomoniga oʻtadilar. Ularning taʼsiri ostida Pomir otryadining boʻlinmalari, Sovet polkining Oʻshda joylashgan 3 va 4-rotalari jangsiz taslim boʻladi (bundan oldin ham Gulcha qal’asi garnizoni Madaminbek va Monster tarafiga o‘tgan edi).

Farg‘ona fronti qo‘mondoni M. V. Safonov qoʻshimcha kuchlar yordamida butun otryad bilan dehqonlar armiyasiga qarshi harakat qilishga kirishadi. Aravon darasida qoʻmondon Safonov kutilmaganda ularni pistirmada kutib turgan Monster qoʻshinlariga duch keladi. Qoʻmondon Safonov va Monstrov oʻrtasida kechgan jang uch kun davom etadi. Safonov qoʻshinlari katta yoʻqotishlarga uchraydi va ilojsiz ravishda qiyinchilik bilan ortga chekinishga majbur boʻlishadi. Qoʻzgʻolonchilar otryadi chekinuvchilarni taʼqib qilib, ularning ortidam Fedchenko temir yoʻl stansiyasiga qadar borishadi va jangga kirishadi, ammo olingan yordam kuchlari va oʻq-dorilar tufayli qoʻzgʻolonchilarning hujumlari bartaraf etiladi. Dehqonlar armiyasi, shuningdek, 10-sentyabrdan Andijon, Skobelev (hozirgi Fargʻona), Namangan shaharlarini bir vaqtning oʻzida qamal qilishga kirishishadi.

Dehqon armiyasining magʻlub etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet qoʻmondonligi Rossiya markazidan Orenburg orqali Turkistonga katta harbiy kuchlarni yuboradi. Shundan keyingi voqealar esa Madaminbek Krestyanlar armiyasi bilan ittifoq tuzib, xato qilganligini koʻrsatadi, chunki eng qaltis vaziyatlarda Krestyanlar armiyasi rahbarlari ularga bir necha marta pand berishadi. Andijon shahri qamal qilinayotganda ular oʻz oʻrinlarini tashlab, orqaga chekinishadi. Hujum chizigʻidagi bunday boʻshliqdan unumli foydalangan qizil askarlar esa qamalni yorib oʻtishga erishishadi. Krestyanlar armiyasi esa bir qancha janglarda magʻlubiyatga uchrab, 1920-yil boshlarida Gulcha istehkomi va Ergashtom oviliga chekinishadi. 1920-yil 17-yanvarda Monstrov, keyinchalik, general-mayor A. Muxanov oʻz ixtiyori bilan qizil askarlarga taslim boʻlishadi. Ular, shuningdek, yana Qizil armiya bilan hamkorlik qilib, uzoq muddat davomida Turkfront shtabida xizmat qilishadi. 23-fevralga kelib, sovet armiyasi jangchilari Gulcha istehkomini egallab olgach, Krestyanlar armiyasi butunlay tugatiladi.

  • Rajabov K,., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000; Oʻzbekiston yangi tarixi, 2-kitob, [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v vachale XX veka: k istorii istokov vatsiovalnoy nezavisimosti, T., 2000. Qahramon Rajabov.[3]
  1. Grajdanskaya voyna i voennaya intervensiya v SSSR. Ensiklopediya. M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1983. s. 303
  2. Sm. takje Ташкентский городской совет
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil