Моnstrov Konstantin Ivanovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Ivanovich Monstrov
Tavalludi 1874-yil
Simbirskiy guberniya, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1920-yil fevral oyi

Konstantin Ivanovich Monstrov (1874-yil1920-yil fevral) — 1918-1919-yillarda Fargʻona vodiysidagi rus dehqon armiyasi qoʻmondoni va 1919-yil avgust-kuz oylarida Turkistonda bolsheviklarga qarshi dehqonlar qoʻzgʻoloni rahbari.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstantin Sizrani shahridan uylangan va u yerda uch nafar farzandli boʻlgan. 1917-yilgi inqilobidan oldin u Turkistonga koʻchib oʻtgan, u yerda kotib hamda pudratchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. Shuningdek, Моnstrov 1914-yilda Fargʻona vodiysidagi katta yer maydoni egasi hisoblangan.

Bolsheviklar davrida Turkistonda boshlangan fuqarolar urushi davrida Fargʻona vodiysida yashovchi rus koʻchmanchilaridan iborat Dehqon armiyasiga qoʻmondon etib saylangan. Dastlab ushbu armiya Sovet hukumati va Qizil armiya bilan hamkorlik qilgan. Konstantin dehqon qoʻshinini koʻchmanchi va bosmachilar bosqinidan himoya qilgan.

K.I.Monstrov 1918-yil 23-noyabrdan keyin Dehqon armiyasi qoʻmondoni etib saylangan[1].

Ammo Turkiston bolsheviklar hukumatining dehqonchilikka qarshi yer va oziq-ovqat siyosati (gʻalla monopoliyasi, oziq-ovqat diktaturasi) va sovet hokimiyatining rus koʻchmanchilari yerlarini dehqonlar foydasiga tortib olishga urinishlari natijasida Monstrov Sovet hukumati va bolsheviklarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Shartnoma tuzilgandan soʻng, Monstrov boshchiligidagi dehqonlar qoʻshini Qizil Armiyaga qarshi turib, bir qator muvaffaqiyatli janglarni oʻtkazgan va Turkistonda ulkan hududni egallab olgan. Harakatning asosiy nuqtasi Jalolobod shahri hisoblangan. 1919-yil 8-sentyabrda bir yarim kunlik janglardan soʻng Monstrov va Madamin-bek otryadlari Oʻsh shahrini egallab olgan. 10-sentabrda esa Andijon shahrini qamal qilish boshlangan. A.P.Sokolov boshchiligidagi Qozon polki (1528 ta nayza, 10 ta qurol, 54 ta pulemyot) Zakaspiy fronti va Skobelevdan birlashgan otryadning kelishi natijasida ushbu yurish ham muvaffaqiyatli yakunlangan. M.V.Safonov qoʻmondonligi ostida (8 ta rota, 2 ta eskadron, 6 ta qurol, 24 ta pulemyot) 24-sentyabrda qamal olib tashlangan. 26-sentabrda Qizil Armiya Oʻsh shahrini, 30-sentyabrda esa Jalolobodni egallab olgan. Biroq, viloyatning aksariyat qishloq joylari hali ham Bosmachi va Monstrov otryadlari tomonidan nazorat qilinib turilgan.

1919-yilning kuzida  Kolchakning sharqiy fronti parchalanib ketgan va bolsheviklar Turkistonga sezilarli kuchlarni oʻtkazishga muvaffaq boʻlishgan. Bu bolsheviklarga qarshi turilgan kuchlar taqdirini hal qilgan. 1919-yilning oxiri – 1920-yilning boshida Qizil Armiyaning ustun kuchlari bilan boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchragan K.I.Monstrov bolsheviklarga taslim boʻlgan va uning boshchiligidagi dehqonlar armiyasi parchalanib ketgan. Monster armiyasining soʻnggi yirik jangi 23-yanvar kuni Gulcha qishlogʻi hududida boʻlib oʻtgan.

Monstrov Fargʻona fronti qoʻmondonligiga yoʻllagan maktubida shunday yozgan: ,,Bizga shaharlarda boʻlgan turli odamlardan kelgan ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, soʻnggi paytlarda sovet hukumati mamlakatni boshqarish usullarini tubdan oʻzgartirgan.  Shunday qilib, endi Sovet hukumati dehqonlarni qoʻllarida qurol bilan chiqishga majbur qilgan sabablarni yoʻq qildi. Va agar hozir hokimiyat bu yoʻlni tanlagan boʻlsa, men oʻzimni urushni davom ettirishga haqli deb hisoblamayman.”

1920-yil 17-yanvarda Monstrovni taslim qilish shartlari boʻyicha muzokaralardan soʻng u 2-tatar miltiq polki (keyinchalik 11-Turkiston miltiq polki) joylashgan manzilga yetib kelgan va u yerdan Turkiston fronti inqilobiy harbiy kengashida ma’ruza qilish maqsadida Toshkentga joʻnagan. Ma’ruzada, oʻzini afgʻon zobiti deb tanishtirgan shaxs Madaminbekka tashrif buyurgani haqida gapirgan[2].

1920-yilning fevral oyida Monstrov va uning sheriklari otib tashlangan. Ba’zi manbalarga koʻra, u oʻldirilmagan degan ma’lumotlar ham keltiriladi. 1920-yilning mart oyida Madaminbek Monstrov singari sovet hokimiyatiga taslim boʻlish maqsadida Inqilobiy Harbiy Kengash a’zolari bilan uchrashish uchun Toshkentga kelgan.

,,Rossiyadagi oq harakat ishtirokchilari” ma’lumotlar bazasiga koʻra tarixchi S.V.Volkov Konstantin Monstrov 1922-yil may oyida Arxangelsk tranzit va tarqatish punktida boʻlgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Гражданская война и военная интервенция в СССР. Энциклопедия // М.: «Советская энциклопедия», 1983. с. 303
  2. Материалы по истории ферганского басмачества и боевых операций в Бухаре. М. Высший военный редакционный совет, 1924. стр 42
  3. „База данных «Участники Белого движения в России»“. 28-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]