Kontent qismiga oʻtish

Fallin'

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Fallin'“
Alicia Keys qoʻshigʻi
„Songs in A Minor“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 10-aprel, 2001-yil(2001-04-10)
Janr
Davomiyligi
  • 3:30 (albom versiyasi)
  • 3:16 (radio versiyasi)
Leybl J
Matn muallif(lar)i Alicia Keys
Prodyuser(lar) Alicia Keys
Alicia Keys singllari xronologiyasi
Fallin'
(2001)
„A Woman's Worth“
(2001)
{
Klipi
"Fallin'" YouTubeda

"Fallinʼ" – amerikalik qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis Alicia Keysning „Songs in A Minor“ (2001) debyut studiyaviy albomining ilk singli. Keys tomonidan yozilgan va ishlab chiqarilgan „Fallinʼ“ omma tomonidan uning imzo qoʻshigʻi deb taʼriflanadi[1]. Musiqa Songs in A Minor albomining bosh singli sifatida 2001-yil 10-aprelda J Records tomonidan chiqarilgan. Rasmiy remiksda repperlar Busta Rhymes va Rampage ishtirok etgan.

„Fallinʼ“ global tijoriy muvaffaqiyatga erishadi. AQShning Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egallaydi va bir qancha mamlakatlarda birinchi oʻntalikka kiradi. Flandriya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya chartlarida birinchi oʻrinni egallagan. 2009-yilda „Fallinʼ“ Billboard Hot 100 qoʻshiqlari roʻyxatida 2000-yillarning eng muvaffaqiyatli 29-qoʻshigʻi deb topildi[2]. Tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan qoʻshiq 2002-yilda uchta Grammy mukofotini qoʻlga kiritadi, jumladan, „Yil qoʻshigʻi“, „Eng yaxshi R&B qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi ayol R&B vokal ijrochisi“ hamda „Yilning rekordi“ nominatsiyasiga ham nomzod boʻldi.


Musiqa va matn[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Fallinʻ" Alicia Keys tomonidan yozilgan va chiqarilgan. Qoʻshiqning lirik foni haqida soʻralganda, Keys Billboard nashriga shunday deb javob bergan: "Men Maykl Jekson kabi 10 yoki 12 yoshli odam uchun qoʻshiq yozmoqchi edim. [Qoʻshiq] munosabatlarning nozik tomonlari haqida. Baʼzan siz kimgadir butunlay oshiq boʻlasiz va u odamga dosh berolmaysiz, Qoʻshiq baʼzida oldinga va orqaga ketadigan munosabatlar haqida yozilgan.

Maqtovlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilning eng muvaffaqiyatli singllaridan biri boʻlgan „Fallinʼ“ koʻplab mukofotlarga nomzod boʻlgan. U Milliy Yozuv sanʼati va fanlari akademiyasi (NARAS) bilan yaxshi bogʻlangan va 44-marosimda (2002) toʻrtta Grammy mukofotiga („Yil qoʻshigʻi“, „Yil yozuvi“, „Eng yaxshi ayol R&B vokal ijrosi“ va „Eng yaxshi R&B qoʻshigʻi“) nomzod boʻlgan. U toʻrtta mukofotning uchtasini qoʻlga kiritadi („Yil yozuvi“ U2ning „Walk On“ qoʻshigʻiga beriladi)[3]. 2001-yilgi Billboard Music Awards marosimida „Fallinʼ“ yilning eng yaxshi 100ta singliga nomzod boʻlgan. Ammo mukofotni Lifehousening „Hanging by a Moment“ qoʻshigʻi qolga kiritadi. Shuningdek qoʻshiq 2002 NAACP Image mukofotlarida „Eng yaxshi qoʻshiq“ va „Eng yaxshi musiqiy video“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan, lekin har ikkala toifada ham gʻalaba qozona olmaydi.

„Fallinʼ“ The Village Voice 2001-yilgi Pazz&Jop tanqidchilari soʻrovida toʻrtinchi oʻrinni egalladi[4]. 2011-yil sentabr oyida "Fallin " VH1 tomonidan „2000-yillarning eng zoʻr 100 qoʻshigʻi“ roʻyxatida 22-oʻringa qoʻyiladi[5].

Tijorat koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshma Shtatlarda „Fallinʼ“ 2001-yil 16-iyun haftasida Billboard Hot 100 roʻyxatida 98-oʻrinda debyut qildi. Qoʻshiq oʻn haftada chartning eng yuqori choʻqqisiga chiqadi[6]. U jami 34 hafta davomida chartda qoldi va 2001-yilgi Billboard Year-End Hot 100 roʻyxatida Lifehouse'ning „Hang by a Moment“ dan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Adams, Cameron. „Alicia Keys lights up Rod Laver Arena“. Herald Sun. The Herald and Weekly Times Ltd (2008-yil 18-dekabr). 2009-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-mart.
  2. „Billboard – Music Charts, Music News, Artist Photo Gallery & Free Video“. Billboard.
  3. „Past Winners Search“. National Academy of Recording Arts and Sciences. Qaraldi: 2011-yil 10-iyul.
  4. „Robert Christgau: Pazz & Jop 2001: Critics Poll“. robertchristgau.com. 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Anderson, Kyle (September 29, 2011). „U2, Rihanna, Amy Winehouse, Foo Fighters fill out VH1's '100 Greatest Songs of the '00s'. Entertainment Weekly. Time Inc. Qaraldi: October 11, 2011.
  6. [[[:Andoza:BillboardURLbyName]] „Fallinʼ – Alicia Keys“]. Prometheus Global Media. Qaraldi: 2011-yil 10-iyul.
  7. „Billboard.com – Year End Chart – Year-end Singles – The Billboard Hot 100“. Nielsen Business Media. 2009-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-iyul.