Kontent qismiga oʻtish

Fahad al-Muwallad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fahad al-Muwallad
Fahad 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fahad Mosaed al-Muwallad
Tavallud sanasi 14-sentyabr 1994-yil (1994-09-14) (29 yosh)[1]
Tavallud joyi Jeddah, Saudiya Arabistoni
Boʻyi 1.67 m[2]
Ampluasi qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al Shabab
Raqami 90
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Al Ittihad
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2022 Al Ittihad 193 (58)
2018Levante (ijara) 2 (0)
2022 Al Shabab 4 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2015 Saudiya Arabistoni U20 6 (4)
2015 Saudiya Arabistoni U23 3 (1)
2012 Saudiya Arabistoni 74 (17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 6-noyabr uchun)

Fahad Mosaed al-Muwallad (talaffuzi: Fahad Mosayid al-Muvallad) (arabcha: فهد المولد) (1994-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — professional futbolchi. Fahad al-Muwallad hozirda „Al Shabab“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fahad al-Muwallad "Al Ittihad" futbol klubi safida oʻynagan. 2012-yil 2-avgustda Fahad al-Muwallad klub safidagi oʻzining birinchi golini „Al Raed“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi. 2012—2013-yilgi mavsumda Fahad al-Muwallad „Al Ittihod“ futbol klubi uchun qanotdan koʻp gol urganidan soʻng, Osiyo futbolidagi eng katta isteʼdodlardan biri sifatida tanildi. Fahad al-Muwallad atigi 17 yoshida nufuzli Osiyo Chempionlar ligasi chorak finalida Marcelo Lippi boshchiligidagi „Guangzhou Evergrand“ futbol jamoasiga qarshi o‘yinda „ Al Ittihod“ futbo klubini yarim finalga olib chiqqan hal qiluvchi golni kiritishga muvaffaq boʻldi. Fahad al-Muwallad, shuningdek, Chempionlar kubogi doirasidagi uchrashuvlarda ham oʻzining mahoratini namoyish qildi. Musobaqada Fahad al-Muwallad avvaliga „Al Ittihod“ klubining yarim finalda „Al Fateh“ klubi ustidan, soʻngra finalda „Al Shabab“ futbol klubi ustidan (4:2 hisobida) gʻalaba qozonishiga yordam berdi. Keyinchalik Fahad al-Muwallad butun turnir davomida futbol maydonidagi chiqishlari tufayli daromadlari hisobiga Chempionlar kubogidagi MVP (eng qimmat o'yinchi) deb topildi.

Fahad al-Muwallad, shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasida Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi oʻyinda katta taassurot qoldirdi. 2014-yil 13-may kuni Fahad al-Muwallad Qirol Fahd xalqaro stadionida o‘ynagan Saudiya Arabistonining „Al Shabab“ futbol jamoasiga qarshi hal qiluvchi 16-tur uchrashuvida 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Fahad al-Muwallad 2013—2014-yilgi mavsumni barcha musobaqalarda 36 uchrashuvda 5 gol bilan yakunladi. Fahad al-Muwalladni „Al Ittihod“ klubi bosh murabbiyi Kholid Al Koroni joriy mavsumda koʻproq golli uzatma berib oʻz oʻyinini yaxshilagani uchun maqtadi va Fahadni „ajoyib isteʼdod egasi“ deb taʼrifladi.

Fahad al-Muwallad 2014—2015-yilgi oʻzining yangi mavsumdagi ilk golini „Qirol Abdul Aziz“ stadionida „Al Faisaly“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:1 hisobida gʻalaba) kiritdi. Ushbu mavsumdagi keyingi oʻyinlaridan soʻng, „Al Ittihod“ futbol klubi bosh murabbiyi Viktor Pițurca Fahad al-Muwalladning so‘nggi gollarini „qahramonlik“ deb taʼrifladi va „Fahad kundan-kunga yaxshilanmoqda, agar u shunday o‘ynashda davom etsa, uzoqqa boradi“ — dedi. Fahad al-Muwallad 2014—2015-yilgi mavsumni 24 uchrashuvda 10 ta gol bilan yakunladi va Saudiya Professional ligasi va Chempionlar kubogidagi ajoyib oʻyinlari uchun ekspertlar olqishiga sazovor boʻldi[3].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil may oyida Fahad al-Muwallad Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasining Rossiyada boʻlib oʻtadigan 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun tuzilgan dastlabki tarkibidan joy oldi[4]. Biroq, Fahad al-Muwalladning mundialdagi oʻyini yaxshi natija bilan yakunlanmadi. Saudiya Arabistoni Rossiyaga 0:5 va Urugvayga 0:1 hisobida yutqazib, guruh bosqichida magʻlub boʻldi.

2022-yilda Fahad al-Muwallad doping ishi tufayli Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasining 2022-yilgi Jahon chempionati uchun shakllantirilgan tarkibidan olib tashlandi[5].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Mintaqa Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Al-Ittihad 2011—2012 2 0 0 0 0 0 4 1 6 1
2012—2013 21 7 5 2 1 0 27 9
2013—2014 25 5 5 3 2 2 7 2 1 0 40 12
2014—2015 21 7 3 3 1 0 25 10
2015—2016 22 3 2 0 3 0 5 1 32 4
2016—2017 20 11 0 0 4 3 24 14
2017—2018 9 3 2 1 11 4
2018—2019 21 11 3 1 5 4 1 0 30 16
2019—2020 8 4 0 0 0 0 8 4
2020—2021 23 4 1 0 1 0 25 4
2021—2022 21 3 2 0 1 0 24 3
Jami 193 58 23 10 11 5 21 8 4 0 252 81
Levante (ijara) 2017—2018 2 0 0 0 2 0
Jami 195 58 23 10 11 5 21 8 4 0 254 81
  1. Koora, Fahad Al-Muwallad 3 August — Kooora.com
  2. „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  3. „World Cup 2018: All the confirmed squads for this summer's finals in Russia“. BBC Sport (2018-yil 28-may).[sayt ishlamaydi]
  4. „World Cup 2018: All the confirmed squads for this summer's finals in Russia“. BBC Sport (2018-yil 28-may).[sayt ishlamaydi]
  5. https://www.reuters.com/lifestyle/sports/al-muwallad-withdrawn-saudi-arabia-world-cup-squad-over-doping-case-2022-11-13/