Fabian Delph
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Fabian Delph[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-noyabr 1989-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Bradford, Angliya | ||
Boʻyi | 5 feet 9 inches (1.74 m)[3] | ||
Ampluasi | yarim himoyachi, himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2001 | Bradford City | ||
2001—2006 | Leeds United |
Fabian Delph (talaffuzi: Fabian Delf; 1989-yil 21-noyabrda Angliyada tugʻilgan) — angliyalik yarim himoyachi. Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Delph faoliyatini „Bradford City“ futbol klubida boshlagan.
2015-yilning 17-iyulida u 8 million funt sterling evaziga "Manchester City" futbol klubiga oʻtdi. Shartnoma 5 yilga imzolangan[4]. Dastlabki ikki mavsumda u "Manchester City" futbol klubining asosiy tarkibidan mustahkam oʻrnini egallay olmadi va shu sababli futbolchi koʻpgina oʻyinlarda zaxiradan maydonga tushirilgan.
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yilning mart oyida Fabian Delph Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida debyut qilgan. 2008-yilning noyabrida 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabian Delphni birinchi marta jamoa tarkibiga kiritgan. Futbolchining Chexiya terma jamoasi bilan oʻyinda debyut qilgan.
2014-yil 3-sentyabr kuni u Angliya terma jamoasi safida Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan va ushbu oʻyin Angliyaning g‘alabasi bilan yakunlangan. Fabian Delph EURO-2016 saralash oʻyinlarida ishtirok etgan, ammo jarohati sabab turnirni oʻtkazib yuborgan.
2018-yilda u Angliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilgan. Turnirda u toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yil 23-avgustda u toʻrt doʻsti bilan uyga qaytayotganda mast holda mashina haydaganlikda ayblangan va hibsga olingan[5]. Sud uni tezlikni oshirganlikda aybdor deb topgan va unga 1400 funt sterling miqdorida jarima toʻlash va 60 funt sterling miqdoridagi sud xarajatlarini qoplashni buyurgan. Shu bilan bir qatorda, 1,5 yilga litsenziyasidan mahrum qilingan[6].
Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy jamoa | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
![]() |
2014 | 3 | 0 |
2015 | 6 | 0 | |
2018 | 9 | 0 | |
2019 | 2 | 0 | |
Jami | 20 | 0 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2-fevral 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
- ↑ „Fabian Delph: Overview“. ESPN. Qaraldi: 23-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „F. Delph: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 25-noyabr 2018-yil.
- ↑ Fabian Delph: Manchester City sign Aston Villa captain for £8m (Wayback Machine saytida 2016-01-15 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ „Footballer in drink drive charge“. BBC News (29-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2008-yil.
- ↑ Robinson, Stuart. „Leeds United star banned for drink driving“. Yorkshire Evening Post (27-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2009-yil.[sayt ishlamaydi]