Kontent qismiga oʻtish

Eva Moser

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eva Moser
Mamlakat Avstriya
Tugʻilishi 26-iyul 1982-yil
Tamsweg, Avstriya
Vafoti 31-mart 2019-yil (36 yoshida)
Graz, Avstriya
Saravha

Xalqaro magistr,

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2471 (iyul 2012)

 

Eva Moser (talaffuzi: Eva Mozer 26-iyul 1982-yil — 31-mart 2019-yil) avstriyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2004-yilda Xalqaro usta (IM) va 2003-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga sazovor boʻlgan[1]. Moser shaxmat boʻyicha Avstriyaning mutlaq chempioni va ayollar chempionatlarida ham gʻolib boʻlgan. U 2008-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Shaxmatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moser 10 yoshidan shaxmat oʻynay boshlagan. U sakkiz marta shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida turli yosh guruhlarida gʻolib chiqqan.

1998-yilda Moser 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Murek shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida tay-brekda gʻalaba qozongan Ana Matnadzedan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Umumjamoa hisobida Moser 2000-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida, 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasining ochiq seksiyasida (odatda „erkaklar seksiyasi“ deb ataladi), 2003-yildan beri ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida va Mitropa Cup (1999, 2002, 2004) ochiq boʻlimida Avstriya sharafini himoya qilib kelgan.

Moser FIDE tomonidan 2003-yilda Ayol grossmeyster (WGM) (Avstriyalik ayollar orasida birinchisi) va 2004-yilda xalqaro usta (IM) unvonlari bilan taqdirlangan.

2006-yilda u Köflachda boʻlib oʻtgan Avstriya shaxmat chempionatida[2] mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va bu ishni qilgan birinchi ayol boʻlgan. U 2010[3] va 2011-yillarda[4] ayollar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida gʻolib boʻlgan.

2000-yilda Drezden ayollar musobaqasi[5]Jena Open 2009[6], 2010[7], 2011[8] va 2012[9], va Chess Ladies Vena 2012[10] va 2013 turnirlarda mutlaq gʻolib boʻlgan.

2006—2007-yilgi mavsumda uning Avstriya birinchi liga jamoasi Styria Graz Avstriya terma jamoasi chempioniga aylangan. U Avstriyaning „Wolfsberg“ jamoasida oʻynagan. OSG Baden-Baden Germaniya ayollar shaxmat Bundes ligasida besh marta gʻalaba qozongan va koʻp yillar davomida oʻz mavqeini saqlab qolgan.

Moser, shuningdek, ChessBase bilan kam miqdordagi oʻquv DVDlarini nashr etgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moser 2009-yilda Gratsda biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha diplomni qoʻlga kiritgan. U Avstriyaning „Schach-Aktiv“ shaxmat jurnalida ishlagan.

Eva Moser 2019-yil 31-martda[11] Gratsda leykamiyadan vafot etgan. 

  1. „Moser, Eva FIDE Chess Profile“. ratings.fide.com. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.
  2. AUT Staatsmeisterschaft 2006. Tournament report. (Wayback Machine saytida 2017-02-02 sanasida arxivlangan). FIDE.
  3. Austrian Womenʼs Championship 2010. Tournament report. (Wayback Machine saytida 2017-02-02 sanasida arxivlangan). FIDE.
  4. Austrian Womenʼs Championship 2011. Tournament report. (Wayback Machine saytida 2017-02-02 sanasida arxivlangan). FIDE.
  5. Big Database 2013, ChessBase GmbH
  6. 3. Schwarzer Bär — Open 2009 (Wayback Machine saytida 4-mart 2016-yil sanasida arxivlangan) Tournament Results
  7. 4. Schwarzer Bär — Open 2010 (Wayback Machine saytida 24-sentabr 2015-yil sanasida arxivlangan) Tournament Results
  8. 5. Schwarzer Bär Open 2011. Tournament report. (Wayback Machine saytida 2017-02-02 sanasida arxivlangan). FIDE.
  9. 1. Hotel-am-Stadion Open 2012. Tournament report. (Wayback Machine saytida 2022-08-11 sanasida arxivlangan). FIDE.
  10. Chess Ladies Vienna 2012. Tournament report. (Wayback Machine saytida 2017-02-02 sanasida arxivlangan). FIDE.
  11. Schulz, André (2019-04-03). „Eva Moser (July 26, 1982 — March 31, 2019) has died at 36“. ChessBase.