Eslama meni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Eslama meni“
„Bojalar“ qoʻshigʻi
Janr pop musiqa
Davomiyligi 4:28
Klipi
„Eslama meni“ YouTubeda

Eslama meni“ — „Bojalar“ oʻzbek musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruh repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri[1]. Guruhning 2015-yil eʼlon qilingan „Buxoro“ nomli terma albomiga kiritilgan[2]. Shuningdek, guruhning 2021-yil eʼlon qilingan „Tanimadingmi“ albomidan qoʻshiqning remiksi oʻrin olgan[3].

Qoʻshiq pop-musiqa janrida boʻlib, lya minor tonalligida yozib olingan[4]. Unda lirik qahramon suyuklisi boshqaga turmushga chiqayotgani haqida kuylaydi. Qoʻshiq uchun klip olingan. Klipda „Bojalar“ guruhining oʻsha paytdagi aʼzolari Moʻmin Oripov va Jahongir Poziljonov bilan bir qatorda taniqli aktyorlar, jumladan, Aziz Rametov, Erkin Komilov, Saida Rametova hamda Dilnoza Kubayeva[manba kerak] rol oʻynagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „30 ёшга кирмай вафот этган ўзбекистонлик машҳурлар (фото)“. 7k (15-fevral 2021-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. „Buxoro“. Spotify. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  3. „Tanimadingmi“. Spotify. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  4. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]