Eshonxo’ja Muhammadxo’jayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1872 yilda tug‘ilgan. U 1920 yil Buxoro revolyutsiyasidan keyin Xalq adliya komissarligida ishladi. 1928 yilda yoshi oʻtib qolganligi uchun ishni tashlab, bir muddat dehqonchilik bilan shug‘ullandi. E.Muhammadxo‘jaev 1944 yili O‘z FA Sharqshunoslik institutiga ishga qabul qilindi.

Bu arabshunos olim juda ko‘p asarlarni arab va fors tillaridan o‘zbekchaga tarjima qilgan. Afsuski, Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston (asar)“ asaridan qilgan tarjimasidan tashqari deyarli barcha tarjimalari qo‘lyozma holida qolgan va Sharqshunoslik institutining qoʻlyozma fondida saqlanmoqda.

E. Muhammadxo‘jaev islom huquqshunosligi — Fiqhga oid atamalardan 1200 tasini va Tasavvufga oid atamalardan 400 tasini toʻplab, oʻzbekchaga tarjima qildi (inv. No25, 45-I-II). So‘ngra faylasuf ibn al Arabiyning „Fusus al- hikam“(„Qimmatbaho bikmat toshi“ inv. No9586-11) asarini , Forobiyning „Fusus al-hikam“ (9586-1) „Uyun al-Masoil“ („Masalalar bulogʻi“), „Savollar va javoblar“, „Falsafani bilishdan oldin nimalarni bilish kerak“, „Aql haqida“, „Ikki hakim (Arastu va Aflotun) qarashlari haqida“ va boshqa bir qancha asar­larni arabchadan o‘zbekchaga tarjima qildi. Undan tashqari E.Muhammadxo‘jaev O‘rta Osiyoning mashhur kishilari tarjimai holiga oid ko‘p materiallarni arabcha, forscha manbalardan to‘plab, taijima qilgan. Ibn Xallikonning „Vafoyot ul-aʼyon“ („Mashhur kishilar vafotlari“), Qutfiyning „Tarix ul- hukamo“ („Hakimlar tarixi“), Bayhaqiyning „Tatimmat sivonul hikma“ ("Hik­mat sandig‘iga qo‘shimchaʼ’) asarlarini arabchadan, o‘rta asr tarixchisi Mirxondning „Ravzat us-safo“ asaridan hamda XIX asrda Eronda nashr etilgan ‘‘Nornai donishvaron" asarida mashhur kishilar tarjimai hollarini to‘plab, ularni forschadan o‘zbekchaga taijima qilgan. Undan tashqari, E.Muhammadxo‘jaev Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy, Gʻazzoliy, Alimad Donish kabi mutafakkirlar asarlaridan tarjimalar qilgan. Bu taijimalar albatta, sharq tillarini bilmagan xodimlarga va yosh olimlarga katta yordam beradi. E.Muhammadxo‘jaev 1953 yilda 81 yoshida Toshkentda vafot etdi.

[1]

  1. Arab filologiyasiga kirish. Toshkent: TDSHI kichik bosmaxonasi, 2010 — 102 bet. 9-dekabr 2022-yilda qaraldi.