Hindiston (asar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"HINDISTON", "Tahqiq molil hind min maʼkula maq-bula fil-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigmaydigan taʼlimotlarini aniqlash kitobi") — [[Beruniyning tarixiy asa-ri. 1030 yilda Hindiston xalqlari tarixining turli sohalari (aniq fanlar, adabiyot, falsafa, elshunoslik, geogr., etn., qonun va urf-odatlar, din, dipiy rivoyatlar, hind yozuvining turlari va boshqalar)ga bagʻishlab arab tilida yozilgan. Asar 80 bobdan iborat. [[Beruniy oʻz asarida bizgacha yetib ksl-magan sanskritda yozilgan koʻpgina man-balardan foydalangan. Bu asar Gʻarb va Sharq olimlari tomonidan yuksak baholangan. "H."ning arabcha matni 1887 yilda, uning inglizcha tarjimasi 1888 yilda nemis olimi E.Zaxau tomonidan Londonda nashr etilgan. 1958 yil "H."ning arabcha matni Haydarobodda, 1963 yilda rus tilida, 1965 yil oʻzbek tilidagi tarjimasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida nashr etilgan. Asar hind madaniyati tarixini yori-tishda muhim manba hisoblanadi (yana q. [[Beruniy).

LD.Abu Rayhon [[Beruniy, Hindiston, T, 1965.