Miasteniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Erb-Goldflam kasalligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Miasteniya (yun. mys — muskul va ashtenia — darmonsizlik, zaiflik), astenik bulbar falaj, Erb-Goldflam kasalligi — nerv va muskul sistemasi kasalligi. Koʻndalangtargʻil muskullarning tez charchashi. Moddalar almashinuvining buzilishi, ayrisimon bezning kasallanishi sabab boʻladi. M. rivojlanishida autoimmun jarayonlar muhim oʻrin tutadi. Koʻpincha, qovoq muskullari (ptoz), chaynash muskullari (yutish qiyinlashadi) hamda oyoq-qoʻl muskullari (yurish oʻzgaradi) zararlanadi.

Davosi: M.ga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi, vitaminlar, kuvvatga kirituvchi dorilar buyuriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil